Andromeda tumanligi
Andromeda galaktikasi spiral tuzilishga ega hamda galaktikalar ichida Somon yo'liga eng yaqin galaktika hisoblanadi. U dastlab Andromeda tumanligi deb nomlangan va Messier 31, M31 va NGC 224 kabi kataloglarga kiritilgan. Andromedaning diametri taxminan 152 000 yorug'lik yiliga teng. Galaktikaning nomi Andromeda yulduz turkumidan kelib chiqqan. Turkumning nomi esa yunon mifologiyasida Perseusning xotini boʻlgan malika sharafiga nomlangan. Andromeda galaktikasining massasi taxminan Somon yo'li bilan barobar, ya'ni 1 trillion quyosh massasiga teng. Ikkala galaktikaning massasini ham aniqlik bilan hisoblash qiyin, lekin Andromeda galaktikasi Somon yo'lidan 25% dan 50% gacha kattaroq bo'lishi mumkin degan taxminlar uzoq vaqtdan beri ilgari surilgan. Lekin bu taxminni 21-asr boshlarida olib borilgan tadqiqotlar yo'qqa chiqargan. Ushbu tadqiqot natijasi Andromeda galaktikasi Somon yo'lidan ko'ra kamroq massaga ega ekanligini ko'rsatgan[1]. Andromeda galaktikasining diametri taxminan 152 000 yorug'lik yiliga kengayishi uni Somon yo'liga yaqin galaktikalar guruhining eng yirik aʼzosiga aylantirgan. Somon yo‘li va Andromeda galaktikalarining bir-biri bilan to‘qnashishi taxminan 4–5 milliard yil ichida sodir bo'lishi kutilmoqda. Bu galaktikalar birlashib ulkan elliptik galaktika yoki katta lentikulyar galaktikani hosil qiladi. Koʻrinma yulduz kattaligi 3,4 ga teng boʻlgan Andromeda galaktikasi Messier obʼyektlari ichida eng yorqinlari qatoriga kirgan. Yerning atmosferasi o'rtacha darajada ifloslangan joylarida ham hattoki hech qanday teleskoplarsiz koʻrish mumkin.
Kuzatuv tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andromeda galaktikasi qorong'u osmonda oddiy ko'z bilan ko'rinadi. Taxminan milodiy 964-yilda Fors astronomi Abdurrahmon al-So‘fiy birinchi bo‘lib Andromeda galaktikasini rasman tasvirlab bergan. U o'zining "O'zgarmas yulduzlar kitobi" da uni "kichik bulut" deb atagan. O'sha davrdagi yulduz jadvallari uni Kichik bulut deb atagan. 1612-yilda nemis astronomi Simon Marius teleskopik kuzatishlar asosida Andromeda galaktikasining dastlabki tavsifini bergan. Per Lui Maupertuis 1745-yilda tuman olami deb tasvirlagan. 1764-yilda Charlz Messier Andromedani M31 ob'ekti sifatida katalogga kiritgan. 1785-yilda astronom William Herschel Andromeda yadrosi hududida zaif qizg'ish nuqtani qayd etgan. U Andromedani barcha "buyuk tumanliklar " ichida bizga eng yaqini deb hisoblagan. Tumanlikning rangi va kattaligiga asoslanib, u Sirius yulduzi masofasidan 2000 marta yoki taxminan 18 000 yorug'lik yili yaqinroq masofada ekanligini haqida noto'g'ri taxmin qilgan. 1850-yilda 3-Rosse grafi William Parsons Andromedaning spiral tuzilishining birinchi rasmini chizgan[2].
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ López-Corredoira, M.; Prieto, C. Allende; Garzón, F.; Wang, H.; Liu, C.; Deng, L. (1 April 2018). "Disk stars in the Milky Way detected beyond 25 kpc from its center". Astronomy & Astrophysics 612: L8. doi:10.1051/0004-6361/201832880. ISSN 0004-6361. https://www.aanda.org/articles/aa/abs/2018/04/aa32880-18/aa32880-18.html.
- ↑ Payne-Gaposchkin, Cecilia H. (1953). "Why Do Galaxies Have a Spiral Form?". Scientific American 189 (3): 89–99. doi:10.1038/scientificamerican0953-89. http://www.jstor.org/stable/24944338.