Kontent qismiga oʻtish

Angʻiz

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Angʻiz — gʻalla va yem-xashak ekinlari oʻrib olinganidan keyin dalada qoladigan oʻsimlik poyasi; gʻallasi oʻrib olingan dala. A.ning organik qoldiqlari tuproqni chirindilar bilan boyitadi. Yerni haydashda haydalma qatlam tuprogʻining fizik xossalarini yaxshilash, kukunlanishi va namning bugʻlanishini kamaytirish, begona oʻtlar urugʻini chuqur koʻmish zarur. Baʼzi joylarda yer lushchilniklar bilan yuza yumsha-tiladi, kuzda shudgor qilinadi yoki ekinlar oʻrib olinishi bilan angʻiz ekinlari (makkajoʻxori, kungaboqar, sudanoʻt, mosh va boshqalar) ekiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil