Kontent qismiga oʻtish

Angel Face

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angel Face
Atirgul
Biologik klassifikatsiya
Olam: O'simliklar
Sinf: Yopiq urug'lilar
Turkum: Floribunda
Oila: Angel Face
Tur: Angel Face atirguli

Andoza parametrlari Angel Face – pushti rangli floribunda atirgul navi. U ilk marta Herbert Swim va Weeks Rose Growers tomonidan yetishtirilgan. 1968-yilda AQShga olib keltirilgan. 2002-yilda All-America Rose Selections tanlovida gʻolib deb topilgan[1].

Charles hamda Brigid Quest-Ritson tomonidan yozilgan Encyclopedia of Roses kitobida Angel Face atirguliga taʼrif berib oʻtilgan. Unda bu gul navining 30 yil oldin yaratilgani, binafsha ranglisi shu turga mansub gullar ichida eng yaxshisi ekanligi aytilgan. Bunga koʻra floribundaning eski turlari yangilaridan avzalroq ekanligi isbotlangan[2].

Angel Face tashqi koʻrinishidan butasimon boʻlib. Tik oʻsadi. Balandligi 3 fut keladi, barglari keng va yaltiroq. Asosan yashil rangda. Poyasi uzun boʻlib, guldastalar tayyorlash uchun kesib olishga juda qulay. Siyrak butalardan iborat boʻlsa-da, koʻp gul hosil qiladi. Quyoshli ochiq joylarda, nam va quritilgan tuproqlarda ham yaxshi oʻsadi. Gullarining rang hosil qilishi ham mintaqasidagi quyoshga bogʻliq degan tahminlar mavjud. Gullari koʻpincha uch qirrali qirqilgansimon, pushti, binafsha, yoqut ranglarga ega. Poyasida bitta dona yoki toʻpgullar hosil qilib bir nechtagacha ochiladi. Hushboʻy va shirin hidli, hidi boʻyicha ham bir qancha sovrinlarni olgan. Mahalliy yetishtirishda mavsumga qarab hasharotlarga qarshi dezinfeksiyalar, kasallik va boshqa tashqi omillarga qarshi choralar qoʻllash kerak. Hidining oʻtkir va hushboʻyligi sababli ham turli hasharotlar, asalarilarni oʻziga jalb qiladi[3].

All-America Rose Selections (AARS) mukofoti gʻolibi (1969-yil).

  1. „Quest-Ritson & Quest-Ritson 2011“. Qaraldi: 33.
  2. „Quest-Ritson & Quest-Ritson 2011“. Qaraldi: 33.
  3. National Gardening Association. „"Rosa 'Angel Face'“. Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.