Kontent qismiga oʻtish

Angiotensinga aylantiruvchi ferment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angiotensinga aylantiruvchi ferment ACE, renin-angiotensin tizimining markaziy komponenti hisoblanadi, u organizmdagi suyuqliklar hajmini tartibga solish orqali qon bosimini nazorat qiladi. Ushbu ferment Angiotensin I gormonini birmuncha faol vazokonstriktor hisoblangan angiotensin II ga aylantiradi. Shuning uchun, ACE qon tomirlarining siqilishiga olib keladigan qon bosimini bilvosita oshiradi. ACE ingibitorlari yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun farmatsevtik preparatlar sifatida keng qoʻllanadi.

ACE ning kamroq maʼlum boʻlgan boshqa funktsiyalariga bradikinin, moddasi P va amiloid beta-oqsillarini parchalash kabilar kiradi.

ACE quyidagi nomlar bilan ham tanilgan:

  • dipeptidil karboksipeptidaza I
  • peptidaza P
  • dipeptid gidrolaza
  • peptidil dipeptidaza
  • angiotensinga aylantiruvchi ferment
  • kininaz II
  • angiotenzin Iga aylantiruvchi ferment
  • karboksikatepsin
  • dipeptidil karboksipeptidaza
  • „gipertensinga aylantiruvchi ferment“ peptidil dipeptidaza I
  • peptidil-dipeptid gidrolaza
  • peptidildipeptid gidrolaza
  • endotelial hujayrali peptidil dipeptidaza
  • peptidil dipeptidaza-4
  • PDH
  • peptidil dipeptid gidrolaza
  • DCP
  • CD143

ACE peptidlarni gidrolizlaydi. Xuddi shunday qilib, u His-Leu dipeptidini olib tashlash orqali faol boʻlmagan dekapeptid angiotensin Ini oktapeptid angiotensin II ga aylantiradi. Bu uning asosiy funksiyasidir.

taklif qilingan ACE katalitik mexanizmi

ACE renin-angiotensin tizimining (RAS) markaziy komponenti boʻlib, u tanadagi suyuqlik hajmini tartibga solish orqali qon bosimini nazorat qiladi aynan shu xussusiyati tufayli aynan unga taʼsir qiluvchi dori vositalari qon bosimini tushirish uchun ishlatilinadi.

Renin-angiotensin-aldosteron tizimining sxematik diagrammasi

ACE rux elementti metalloproteinazadir . Sink markazi peptid gidrolizini katalizlaydi. Sinkning muhim rolini aks ettiruvchi ACE metall xelatlovchi moddalar tomonidan ingibirlanishi mumkin.

ACE inhibitori lisinopril bilan kompleksda, rux kationi kulrang, xlorid anionlari sariq rangda. PDB 1o86 ning PyMOL renderiga asoslangan. Rasmda lisinopril raqobatbardosh inhibitor ekanligi koʻrsatilgan, chunki u va angiotensin I tuzilish jihatidan oʻxshash. Ikkalasi ham ACE ning faol joyiga bogʻlanadi. ACE-lisinopril kompleksining tuzilishi rentgen kristallografiyasi bilan tasdiqlangan.[1]

  1. „Crystal structure of the human angiotensin-converting enzyme-lisinopril complex“. Nature. 421-jild, № 6922. January 2003. 551–554-bet. Bibcode:2003Natur.421..551N. doi:10.1038/nature01370. PMID 12540854.