Kontent qismiga oʻtish

Anglash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anglash – farosat ilmining markazida yotadi. Anglash shaxsning muayyan sohada yuqori saviyadagi bilimdonligi, intellektual, hissiy va assotsiativ rivojlanganlik darajasi, tashqi olam va inson ruhiyati, moddiy holati hamda bu jarayonning oʻzgarish xususiyatlarini oʻta aniqlikda belgilay olish sanʼati hisoblanadi. Atoqli nemis mutafakkiri Gegel aytganidek, "Anglash biror-bir hodisa yoki voqelik mohiyatini chuqur tushunib yetishdir. Ayni vaqtda inson shu jarayonning ichida boʻlgani uchun oʻzining oʻrni, roli va kimligini ham anglab yetadi"[1]. Dunyo va odamlarni anglash masalasida eng birinchi mulohazani qadimgi yunon faylasufi Geraklit bergan. Uning fikriga koʻra, farosat hamma narsalarga, insonlardagi yashirin xususiyatlarga ham bogʻliqdir[2]. Anglash omilida insonning oʻzini oʻzi toʻgʻri baholashi va chuqur tushunishi bilan bogʻliq omil ham muhim oʻrin tutadi. Taniqli psixolog Abraxam Maslouning fikriga koʻra, "Kishining dunyo bila bogʻliq muammolari uning oʻz ichki olamiga taalluqli boʻlgan qiyinchiliklarning aksidir". Demak, insonning dunyo bilan yaxshi munosabati uning oʻz ichki olami bilan murosada, ahil yashay olishining ifodasi sanaladi. Maslou oʻz fikrini tasdiqlash uchun bu borada nemis olimi Fridrix Nitshedan iqtibos keltirib oʻtgan:"Odam anglash imkoniga ega boʻlishi uchun koʻrishni oʻrganishi lozim"[3]. Bunday yondashuv buyuk yunon mutafakkiri Suqrotning „Har qanday ilm va bilimlarning pirovard maqsadi insonni hayotda yashash sanʼatiga oʻrgatishdan iboratdir“, degan fikriga ham monand keladi[4]. Intuitiv salohiyat kuchini chuqur oʻrgangan psixolog Erix Fromm bu qobiliyat odamning oʻzidan oʻzining, yaʼni hozirgi holatidan oʻzib ketishga boʻlgan tabiiy ehtiyojdan kuch oladi[5].

  1. Гегель, соч. Москва: 1959. - c. 48. 
  2. Философский словарь. - Москва: "Политиздат", 1986. - с. 89. 
  3. Маслоу А. Дальше пределы человеческой психики. - Санкт-Петербург "Евразия", 1997. - c. 167-168. 
  4. Философский словарь. - Москва: "Политиздат", 1986. - с. 437. 
  5. Фромм Эрих. Искусство бить. - Москва:"ACT", 2014. - c.12.