Kontent qismiga oʻtish

Angliya-Rossiya bitimlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Angliya-Rossiya bitimlari (1873, 1885, 1907) −1873-yilbitimi Angliya va Rossiya hukumatlari oʻrtasida 1872-yil oktabr — 1873-yil yanvarda boʻlgan muzokaralar natijasida Turkiston „bufer“ po-yasi — oraliq yerlari haqida tuzilgan. Bu bitim Rossiya va Angliyaning Turki-stondagi taʼsir doiralari chegaralariii va Afgʻoniston amirligining shimoliy chega-ralarini belgiladi. Bitim Turkistondagi ingliz-rus qarama-qarshiligini vaqtincha yumshatdi.1885-yil bitimi Afgʻoniston chegaralarini belgilash toʻgʻrisida Londonda 29-avgust (10-sentabr)da imzolangan. Bitim An-gliya va Rossiyaning Turkiston (Janubiy Tur-kmaniston)dagi 1885-yil nizosini, ikki yirik davlat oʻrtasidagi urush xavfini bartaraf qildi. Tuzilgan ingliz-rus chegara komissiyasi asosan Rossiya tala-blarini nazarga olib, Afgʻonistonning shimoli-gʻarbiy chegaralarini aniqladi va bu haqda 1887-yil 10 (22) iyulda Peter-burgda bitim imzolandi.1907-yilbitimi Oʻrta Sharqdagi taʼsir doiralar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida 18 (31) avgustda Peterburgda imzolangan. Bu bitimlar asosan Tibet, Afgʻoniston va Eronga doir edi. An-gliya va Rossiya Tibetni mustaqil deb tan oldi. Eron 3 zonaga: Rossiya taʼsir doirasidagi Shimoliy zona va Angliya taʼ-sir doirasidagi Janubiy zona hamda bular oʻrtasidagi betaraf zonaga boʻlindi. Afgʻoniston Angliya hukumati taʼsiri-480da qoldi. Rossiya Afgʻoniston hukumati bilan faqat Angliya hukumati orqali aloqa qilishga rozi boʻldi; tomonlar Afgʻoniston hududiy butunligini buz-maslik majburiyatini oldilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil