Angola — Isroil munosabatlari
Angola — Isroil munosabatlari Angola va Isroil oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sanaladi. Mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1975-yilda oʻrnatilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1963—1969 yillarda Isroil Vazirlar Mahkamasi Angola mustaqillik urushi davrida Angolani ozod qilish milliy frontiga yordam koʻrsatdi. 1960-yilda MPLA rahbari Xolden Roberto Isroilga tashrif buyurdi va ushbu tashkilot aʼzolarini Isroilga oʻqitish uchun yuborish toʻgʻrisida kelishuvga erishdi. 1970-yilda Isroil MPLAga Zaire orqali qurol yetkazib beradi[1]. 1995-yilda Luandada Isroil elchixonasi ochildi, Tamar Golan Isroil elchisi etib tayinlandi, u oʻnlab yillar davomida Isroilning Afrika davlatlari bilan aloqalarini saqlab qolish uchun ishladi. 2002-yilda Tamar Golan bu lavozimni tark etdi, lekin prezident Xose Eduardo dos Santosning iltimosiga binoan hududni tozalash uchun BMT homiyligidagi ishchi guruh tuzishga yordam berish uchun Angolaga qaytib keldi. 2005-yilda Prezident dos Santos davlat tashrifi bilan Isroilga tashrif buyurdi. 2006-yilning mart oyida ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 400 million AQSH dollarini tashkil qildi[2]. 2010-yilda Angola hukumati isroillik diplomat Izi Yanukni gomoseksualligi tufayli yangi elchi sifatida qabul qilishdan bosh tortdi[3]. 2012-yil avgust oyida Angola hukumati delegatsiyasi Quddusga uch kunlik tashrif buyurdi, keyin Angola va Isroil hukumatlari aʼzolari Tel-Avivda ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kelishuvni ratifikatsiya qilishdi.
2018-yilning noyabr oyida Isroil Angolaning past darajada elektrlashtirishdan aziyat chekayotgan Benguela provinsiyasida 50 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish hamda mamlakatdagi bir qator qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish uchun 60 million AQSh dollar mablag‘ ajratdi.
Turizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil noyabr oyida ikkala mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Beit-Hallahmi, Benjamin. The Israeli Connection: Whom Israel Arms and Why, 1988 — 65-bet.
- ↑ „Angola/Israel business volume amounted at USD 400 million Angola Press“. 2014-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-yanvar.
- ↑ „Was diplomat denied post in Angola because he is openly gay? — Israel — Jerusalem Post“. 2012-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-yanvar.