Kontent qismiga oʻtish

Angola davlat bayrogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Angola bayrogʻi
Mamlakat Angola
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 11-noyabr, 1975-yil (49 yil avval) (1975-11-11)
Angola bayrogʻini koʻtarib olgan odam, Monreal, Karifiesta 2018

Angola davlat bayrogʻi 1975-yil 11- noyabrda Angola mustaqillikka erishgandan soʻng kuchga kirdi. U gorizontal ravishda ikkiga boʻlingan yuqori qismi qizil va pastki qismi qora rangdagi chiziqlardir va ularning markazda hanjar bilan kesishgan va yulduzli toj kiygan sariq yarim tishli gʻildirak emblemasi joylashgan.

Angola bayrogʻi Portugaliya mustamlakachiligiga qarshi kurashgan va Angoladagi fuqarolar urushidan keyin Angolaning hukmron partiyasi sifatida paydo boʻlgan Angolani ozod qilish uchun xalq harakati bayrogʻiga asoslangan. Angolani ozod qilish uchun xalq harakatibayrogʻi Angola bayrogʻiga oʻxshaydi, ammo markaziy gerb oʻrnida yulduz mavjud.

Angola Respublikasi Davlat bayrogʻi qizil va qora rangdagi ikkita gorizontal chiziqdan iborat boʻlib, oʻrtada oltin rangdagi Machete hanjari, besh qirrali yulduzdan iborat boʻlgan tishli gʻildirak emblemasi tasvirlangan. Bu emblema oʻroq va bolgʻaga oʻxshaydi (Sovet bayrogʻidagi). Angola Konstitutsiyasida qayd etilganidek, bayroqning qizil yarmi Angolaning mustamlakachilik davrida, mustaqillik uchun kurashda va mamlakatni himoya qilishda toʻkilgan qonni anglatadi. Qora yarmi esa Afrikani anglatadi. Markaziy gerbda tishli jihoz sanoat ishchilari va ishlab chiqarishni, machete xanjari esa dehqonchilikni, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini va qurolli kurashni, qizil yulduzga oʻxshash yulduz xalqaro birdamlik va taraqqiyotni anglatadi. Gerbning sariq rangi mamlakat boyligini ifodalaydi.[1] 1975-yilgi Konstitutsiyada qizil chiziq mustamlakachilik davridagi toʻkilgan qonni, milliy ozodlik va inqilobning ramzi sifatida tasvirlangan va 1992-yilgi konstitutsiyada inqilobga ishora „mamlakat mudofaasi“ bilan almashtirilgan.[2] 1975-yildan 1992-yilgacha boʻlgan versiyalar orasidagi boshqa matn oʻzgarishlarida yulduz „internatsionalizm“ ramzidan „xalqaro birdamlik“ ga oʻzgartirildi va „ishchi sinfi“ va „dehqonlar sinfi“ ga havolalar „ishchilar“ va „dehqonlar“ bilan almashtirildi".[3]

Qizil Sariq Qora
CMYK 20/100/90/0 0/15/100/0 10/10/10/100
Pantone 186 °C 116 °C Process Black C
RGB 204/9/47 255/203/0 0/0/0
Hexadecimal C8102E FFCD00 000000

2003-yil taklifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Parlament Milliy Assambleyasining Konstitutsiyaviy komissiyasi (Angola parlamenti) tomonidan yangi, yanada „optimistik“ bayroq taklif qilingan, ammo u qabul qilinmagan. Oʻrtadagi quyosh dizayni Tchitundo-Hulu gʻoridan topilgan gʻor rasmlarini eslatish uchun moʻljallangan edi. Bayroq bir xil bayroq nisbatlarini saqlab qoldi 2:3.[4]

  1. Constitution of the Republic of Angola, 21-yanvar 2010-yil.  (Wayback Machine saytida 2019-06-01 sanasida arxivlangan)
  2. Constitutional Law of the Republic of Angola, 1992.  (Wayback Machine saytida 2021-07-05 sanasida arxivlangan)
  3. Lei Constitucional da República Popular de Angola (pt), 1975.  (Wayback Machine saytida 2021-07-06 sanasida arxivlangan)
  4. „Angola - proposals for a new flag“. www.crwflags.com. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.