Angola davlat madhiyasi
Angola davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Manuel Rui Alves Monteiro,, 1975-yil |
---|---|
Bastakor | Rui Alberto Vieira Dias Mingas |
Qabul qilindi | 1975 yil; |
„Angola Avante“ (inglizcha: „Oldinga Angola“) – Angola davlat madhiyasi hisoblanadi. Musiqani Rui Alberto Vieira Dias Mingas bastalagan boʻlsa, soʻzlarga Manuel Rui Alves Monteiro mualliflik qilgan. Bu davlat madhiyasi sifatida 1975-yilning noyabrida, mamlakat Portugaliyadan mustaqillikka erishganida qabul qilingan. Qoʻshiq matni mustaqillikdan beri hokimiyatda boʻlgan va 1992-yilgacha Angolada yagona partiya boʻlgan Angolani ozod qilish uchun xalq harakatining (MPLA) bir qancha muhim voqealariga ishora qiladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Angola Avante" Rui Alberto Vieira Dias Mingas tomonidan bastalangan[1][2]. Qoʻshiq soʻzlari Huamboda tahsil olgan va mamlakat Yozuvchilar uyushmasi hamda Rassomlar va bastakorlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan muallif Manuel Rui Alves Monteiro (1941) tomonidan yozilgan[3]. U 2003-yil iyul oyida oʻtkazilgan „norasmiy soʻrov“ga koʻra, poytaxt Luanda shahrida asari eng koʻp sotilgan yozuvchilardan biridir va mamlakatdagi „kundalik hayot“ haqida kinoya bilan yozadi. Madhiya 1975-yilda, oʻsha yilning 11-noyabrida mustaqillikka erishganida, rasman mamlakat madhiyasi sifatida belgilangan. U Angola konstitutsiyasining 164-moddasida mustahkamlangan[4].
Portugal (rasmiy til)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portugalcha asl[5][6] | IPA transkripsiya |
---|---|
I |
1 |
Kikongo (milliy til)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kongo matni[7] | IPA transkripsiyasi |
---|---|
I |
1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Angola“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
- ↑ „Rui Alberto Vieira Dias Mingas“. Naxos.com. Naxos Records. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
- ↑ James, W. Martin. Historical Dictionary of Angola. Scarecrow Press, May 5, 2011 — 170-bet. ISBN 9780810874589.
- ↑ Angola Country: Strategic Information and Developments. International Business Publications, March 20, 2009 — 182-bet. ISBN 9781438701677.
- ↑ „Hino Angolano“. República de Angola Consulado Geral no Rio de Janeiro. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.
- ↑ „Anexo III – Hino Nacional, "Angola Avante"“. ConstituicaoRepublicaAngola. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.
- ↑ „Hino nacional de Angola em Kikongo“ (pt). Wizi-Kongo (2016-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.