Angren zirasi
Angreni zirasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Zira |
Oila: | Ziradoshlar |
Binar nomi | |
Bunium angrenii |
Angren zirasi (lotincha: Bunium angrenii)– ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasi, zira turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmlarida, Ohangaron daryosi vodiysida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 15 sm gacha yetadigan koʻp yillik, tuganakli gulli oʻsimlik turi. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ildizi yogʻon uchida tuganak hosil boʻladi. Tuganagi sharsimon shaklda. Poyasi yakka yakka qisqa boʻyli. Barglari ingichka, lansetsimon uch karra patsimon boʻlingan, boʻlablaringni uzunligi 10 mm gacha yetadi. Gullari bir jinsli, soyabon toʻpgulda joylashgan. Soyaboni oʻrama bargchalarsiz, 2-5 shu’lali, shu’lalar uzunligi 15-20 mm. Gulkosachabarglari tishsiz. Gultojibarglari oq rangda, katta kichikligi bilan bir biridan farq qiladi. Hasharotlar yordamida changlanadi. May oyida gullab mevasi iyulda pishadi. Mevasi ellipssimon, meva bandi biroz kaltaroq. Urugʻi va tuganagi yordamida koʻpayadi.
Efemeroid oʻsimlik, urugʻlari, barglari ezilganda xushboʻy hid chiqaradi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmlarida, Ohangaron daryosi vodiysida tarqalgan. Dengiz sathidan 1200-1300 m balandlikdagi shagʻalli yonbagʻirlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi va togʻ hududlarining oʻzlashtirilishi sababli areali qisqarib ketgan. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bunium angrenii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.