Kontent qismiga oʻtish

Ankara metropoliteni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anqara metropoliteni

Maʼlumot
Davlat Turkiya bayrogʻiTurkiya
Shahar Anqara
Ochilgan vaqti 1996-yil 30-avgust
Boshqaruvchi shirkat Electricity, Gas, Bus General Directorate (EGO)
Davlat Turkiya bayrogʻiTurkiya
Uzunligi 64,36 km
Stantsiyalari soni 52 ta
Yoʻllari soni 3 ta
Kunlik yoʻlovchilar soni 289,000
Yillik yoʻlovchilar soni 104 million
Boshligʻi {{{Boshligʻi}}}
Sxemasi
Anqara metropoliteni

Anqara metropoliteni (turkcha: Ankara Metrosu, Ankaray) — Turkiyaning Anqara shahri aholisiga xizmat ko'rsatadigan tezkor metro tizimi.

Anqara metropoliteni tarixi 1996-yil 30-avgustda, yaʼni «Аnkaray» («А1» liniyasi) ochilganida boshlanadi. Ushbu liniya rasmiy ravishda yengil temir yo'l jamoat transporti (turkcha: Hafif rayli toplu taşim işletmesi) sifatida tasniflanadi. 1997-yil 29-dekabrda Anqara metrosining birinchi liniyasi — M1 liniyasi ochildi. 2014-yil 12-fevralda M2 liniyasi, 2014-yil 13-martda M3 liniyasi, 2017-yil 5-yanvarda M4 liniyasi ochildi. 2019-yil fevraligacha Anqara metrosida umumiy uzunligi 64,36 km boʻlgan 5 ta liniya va 52 stantsiya mavjud edi va M1, M2 va M3 liniyalari bir liniyaga birlashtirildi.

  • A1 liniyasi — uzunligi 8,53 km, 11 ta bekat;
  • M1 liniyasi — uzunligi 46,51 km, 36 ta bekat;
  • M4 liniyasi — uzunligi 9,22 km, 9 ta bekat.

Liniyalarda, asosan H6 Hawker-Siddeley va Alstom Metropolis vagonlaridan foydalaniladi.