Kontent qismiga oʻtish

Ankilostoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ankilostoma (Ankylostoma) — juda kichkina (urgʻochisi 10-13 mm keladigan) qizgʻish gijja. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 2 turi odamning oʻn ikki barmoq ichagida yashaydi.Ankilostoma tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi qulay sharoitda (25° da) 1-2 sutkadayoq ular lichinkaga aylanadi. Haqiqiy Ankilostoma tuproqda hayot kechirib, ikki marta poʻst tashlagandan keyin yuqumli lichinka hosil boʻladi. Bu lichinkalar terini teshib, tana ichiga kiradi, ogʻiz orqali ham yuqishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil