Kontent qismiga oʻtish

Ankilostomidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ankilostomidlar (Ankylosto-matidae) — strongilidlar turkumiga mansub toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Uzunligi 21 mm gacha. Orqa tomoniga siljigan keng ogʻiz boʻshligʻida joylashgan kutikula tishlari yordamida xoʻjayinining ichagi devoriga yopishib oladi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda parazitlik qiladi. 70 ga yaqin turi maʼlum, koʻproq tropik va subtropik mintaqalarda uch-raydi. Odamlarda oʻn ikki barmoq ichak anki-lostomasi (Ankylostoma duodenale) va amerika nekatori (Necator americanus), yirtqich sut emizuvchilarda it ankilo-stomasi (A. caninum) parazitlik qiladi. A. tuxumlari axlat bilan nam joyga yoki suvga tushganida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi odam va hayvon tanasiga teri orqali oʻtadi yoki suv va oziq orqali ichakka tushadi. A. tropik va subtropik iqlimli janubiy hududlarda tarqalgan. Odamlarda oʻtkir kamqonlik paydo qiladi, baʼzan oʻlimga olib keladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil