Anna-Seiler-Brunnen
Anna-Seiler-Brunnen (Anna Seiler favvorasi) — Shveytsariyaning Bern shahrining eski shaharchasi Marktgassedagi favvora hisoblanadi. Bu Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyekti[1] hisoblanadi, shuningdek, Bernning mazkur eski shahri YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiradi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marktgassening yuqori qismida joylashgan favvora Berndagi birinchi kasalxona asoschisi Anna Seiler sharafiga bunyod etilgan. Anna Seilerning ramziy haykali koʻk koʻylak kiygan, kichkina idishga o'ng qo'lidagi ko'zasidan suv quyayotgan ayol koʻrinishida bunyod etilgan. Uning haykali Rimning Aventikum shahridan (zamonaviy Avenches) olib kelingan ustun ustiga joylashtirilgan. 1354-yil 29-noyabrda oʻz vasiyatnomasida Anna Seiler shahar maʼmuriyatidan bugungi kunda Zeughausgasse koʻchasida joylashgan o'z uyida kasalxona barpo etishga moddiy yordam berishlarini soʻrab murojaat qiladi. Kasalxonada dastlabki yillarida bor yo'g'i 13 ta karavot joylashgan boʻlib, umumiy 2 nafar xizmatchi faoliyat olib borar edi[2][3]. Kasalxona ewiges Spital [2] ya'ni doimiy xizmat ko'rsatuvchi kasalxona boʻlishi kerak edi. Taxminan 1360-yilda Anna Seiler vafot etganidan soʻng[4] shifoxona Seilerin Spital nomini oldi. 1531-yilda shifoxona boʻsh Dominikan ordeni monastirligi binosiga koʻchib oʻtkazildi. Sankt-Michaels Insel (Sankt-Maykl oroli) hududi keyinchalik Anna Seiler oʻz shifoxonasini tashkil etganidan buyon 650 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan Inselspital nomi bilan tanilgan. Zamonaviy Inselspitalda 6000 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi. Shifoxonada yiliga umumiy 220 000 nafarga yaqin kishi davolanadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Swiss inventory of cultural property of national and regional significance“. A-Objects. Federal Office for Cultural Protection (BABS) (2018-yil 1-yanvar). 2010-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Copy of Anna Seiler’s will, translated into modern German (Wayback Machine saytida 6 July 2011 sanasida arxivlangan) accessed April 25, 2008
- ↑ Zurkinden. Aral Auto-Reisebuch: Schweiz. Zurich, CH: Ringier AG, 1983 — 222–224-bet. ISBN 3-85859-179-3. (olmoncha)
- ↑ Inselspital website-History (Wayback Machine saytida 2020-06-20 sanasida arxivlangan) accessed April 25, 2008 (olmoncha)
- ↑ Inselspital website-Home Page (Wayback Machine saytida 2010-09-26 sanasida arxivlangan) accessed April 25, 2008 (olmoncha)