Anna Yanovskaya
Anna Yanovskaya | |
---|---|
Yanovskaya/Lukács juftligi, 2018 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Asl ismi | Анна Святославовна Яновская |
Toʻliq ismi | Anna Svyatoslavovna Yanovskaya |
Ikkinchi ismi | Anna Yanovskaya |
Davlat | Hungary |
Oldin vakil boʻlgan | Russia |
Tavalludi |
23-noyabr 1996-yil Dubay |
Ona shahri | Moskva, Rossiya |
Boʻyi | 1.71 m (5 ft 7 1⁄2 in) |
Sherigi | Ádám Lukács |
Oldingi sheriklari | Ivan Guryanov, Sergey Mozgov |
Murabbiyi | Irina Juk |
Jamoasi | Blue Bird FSC |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Moskva |
Uchishni boshlagan | 2000 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 161.40 |
Qisqa raqs | 64.32 |
Erkin raqs | 97.08 |
Anna Svyatoslavovna Yanovskaya (ruscha: Анна Святославовна Яновская; 1996-yil 23-noyabrda tugʻilgan) - muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Hozirda Ádám Lukács bilan Vengriya vakili sifatida musobaqalarda qatnashayotgan Anna uch karra Vengriya milliy chempioni (2018—2019, 2021) boʻlgan[1].
Anna konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Sergey Mozgov bilan birga 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2013, 2014) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finali chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiada chempioni, 2014-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanovskaya toʻrt yoshidan konkida uchishni boshlagan. Figurali uchuvchilarni televizorda koʻrib konkida uchishga qiziqib qolgan. Faoliyatining boshida Anna Filipp Doljanskiy bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan. Anna 2008-yilda Yegor Kosheyev bilan juftlik hosil qilgan va 2010 — 2011-yilgi mavsum oxirigacha u bilan birga konkida uchgan.
Mozgov bilan juftlikda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanovskaya 2011-yilda Sergey Mozgov bilan juftlik hosil qilgan. Ularga asosan Svetlana Alekseyeva Moskvadagi „Medvedkovo“ muz maydonida murabbiylik qilgan.
Yanovskaya / Mozgov juftligi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Gran-pri musobaqasida bronza medalini, keyin esa Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Juftlikning bu natijasi ularga oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan. Juftlik finalning qisqa dasturida ikkinchi, erkin dastur boʻyicha esa uchinchi oʻrinni egallagan va Aleksandra Stepanova / Ivan Bukinjuftligini ortda qoldirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. Juftlik 2012-yilgi oʻsmirlar ortasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgach, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, qisqa dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi paytida Mozgovning chap oyoq kiyimi boʻshashib qolgani sababli hakam musiqani toʻxtattirib qoʻygan. Yanovskaya / Mozgov juftligi erkin dasturda amerikalik Aleksandra Oldrij / Daniel Eatondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan, ammo umumiy natija bilan ulardan oʻzib ketib bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mozgov bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2015-2016 |
by Ennio Morricone
|
|
2013-2014 |
Irving Berlin
|
Alessandro Safina |
2012-2013 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mozgov bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran pri; CS: Challanger seriyasi; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | |||||
---|---|---|---|---|---|
Tadbir | 11-12 | 12-13 | 13-14 | 14-15 | 15-16 |
GP Bompard | 6 | ||||
GP Skate America | 6 | ||||
Xalqaro: oʻsmirlar | |||||
Jahon chemp. | 4 | 2 | 1ㅤ | ||
Olimpiada | 1ㅤ | ||||
JGP finali | 2 | 4 | 1ㅤ | 1ㅤ | |
JGP Avstriya | 2 | ||||
JGP Xorvatiya | 1ㅤ | ||||
JGP Estoniya | 1ㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | ||
JGP Polsha | 3 | ||||
JGP Slovakiya | 1ㅤ | ||||
JGP Sloveniya | 2 | ||||
Volvo Open Cup | 1-J | 1-J | |||
Milliy | |||||
Rossiya chemp. | 6 | ||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Rossiya chemp. |
4 | 3 | 2 | 1ㅤ | |
Jamoa tadbirlari | |||||
J = Oʻsmirlar darajasi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ISU World Standings“ (en). Международный союз конькобежцев (2019-yil 26-oktyabr). 2012-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ „Юнорская серия Гран При ИСУ. 3-й Этап. Гданьск (Польша)“. 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.