Anne Enright
Anne Teresa Enright(1962-yilning 11-oktyabrida tugʻilgan)— irland yozuvchisi. Uning badiiy adabiyoti asosan oila, sevgi, oʻzlik va onalik kabi mavzularida boʻladi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anne Enright Irlandiyaning Dublin shahrida tugʻilgan va Rathminesdagi Sent-Luis oʻrta maktabida tahsil olgan. Enright Britaniya Kolumbiyasining Viktoriya shahridagi Lester B.Pearson United World College of Pacific kollejida xalqaro stipendiya yutib oladi va u yerda ikki yil davomida Xalqaro bakalavrda tahsil oladi. Keyin Dublin Trinity kollejida ingliz va falsafa boʻyicha bakalavr darajasini tamomlaydi. Enright 21 yoshga toʻlgan kunida unga elektr yozuv mashinkasi sovgʻa qilinganida, jiddiy yozishni boshlaydi. Shu bilan birgaSharqiy Angliya universitetining Ijodiy yozma kursida Chevening stipendiyasini qoʻlga kiritadi u yerda esa Angela Carter va Malcolm Bradburyning qoʻl ostida tahsil oladi va magistr darajasini tugatadi. Enright olti yil davomida Dublindagi RTÉ telekanali prodyuseri va rejissyori boʻlib ishlaydi va toʻrt yil davomida RTÉ Nighthawks dasturini ishlab chiqadi. Keyin ikki yil davomida bolalar dasturlarida ishlaydi va dam olish kunlari asarlar yozadi.1993-yilda Enright toʻliq vaqtini asarlar yozishga sarflay boshlaydi. U hozir Dublinda yashaydi, bundan oldin esa 2014-yilgacha Wicklow okrugidagi Bray shahrida yashagan. Bundan tashqari Dún Laoghairedagi Pavilion teatri direktori boʻladi. Hozirda Irlandiya Badiiy Kengashida maslahatchi boʻlib ishlaydigan Martin Murphy[1] bilan oila quradi va ularning ikki farzandi, bir oʻgʻli va bir qizi bor.
Ijodi va Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Enright Irlandiya fantastik asarlari boʻyicha birinchi laureat(2015–2018) va Man Booker mukofoti(2007) gʻolib boʻladi. Yettita roman, koʻplab qissalar va „Making Babies: Stumbling into Motherhood“ nomli badiiy boʻlmagan asarini nashr ettiradi. Uning adabiy mavzudagi insholari London Review of Books va The New York Review of Books jurnallarida chop etiladi va Enright The Irish Times va The Guardian kitob sahifalari uchun ham maqolalar yozadi. Enright oʻzining toʻrtinchi romani „The Gathering[2]“ uchun 2007-yilda Man Booker mukofotiga sazovor boʻladi[3] hamda 2012-yilda chop etilgan „The Forgotten Waltz“ romani badiiy adabiyot uchun Andre Karnegi medaliga sazovor boʻladi. Uning „The Green Road“ romani „Womanʼs Prize“ mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan va „Yilning Irlandiya romani(The Irish Novel of the Year)“(2015) nominatsiyasida gʻolib chiqqan[4].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- What Are You Like?(2000)
- The Pleasure of Eliza Lynch(2002)
- The Gathering(2007)
- The Forgotten Waltz(2011)
- The Green Road(2015)
- Actress(2020)
- The Wren, the Wren(2023)
- The Portable Virgin(1991)
- Taking Pictures(2008)
- Yesterday’s Weather(2009)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „A.Enright oilasi“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „asarlari“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Man booker prize“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Anne Enright awards“. 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.