Anomal aylanish davri
Qiyofa
Anomal aylanish davri -yoritqich orbitasining markaziy jismga eng yaqin nuqtasi (mas, perigey, peri-geliy)da ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Masalan, anomal oy (yil) — Oy (Yer)ning, perigey (perigeliy)da ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Anomal oy — 27,55 sutkaga, anomal yil esa 365,2596 sutkaga teng .
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |