Anons
Qiyofa
Anons (frans. annonce — omma-viy axborot, eʼlon) — spektakl haqida oldindan beriladigan eʼlon. 17-18-asrlarda koʻproq fransuz teatriga xos boʻlib, spektakl (yoki alohida pardalar) boshlanishidan oldin sahnadan turib koʻrsatiladigan tomosha, ishtirok etuvchilar, ijrochilar va boshqa haqida tomosha-binlarga beriladigan axborot. A. spek-taklning ajralmas boʻlagi hisoblanib, truppaning eng yaxshi aktyorlari tomonidan ijro etilgan. A. odatda badiha aso-sida qurilib, hazil-mutoyiba, qochirim va boshqa joʻrligida olib borilgan. Hozirgi A. spektakl, konsert, sirk tomoshasi va boshqa haqida (mufassal maʼlumotlarsiz) ol-dindan eʼlon qilinadigan afisha.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |