Anoraxon Qosimoxunova
Anoraxon Qosimoxunova | |
---|---|
Anarxan Mamasadikovna Kasimaxunova | |
Tavalludi |
27-sentyabr 1954-yil Qorasuv, Oʻshda, Qirgʻiziston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Fargʻona politexnika instituti |
Taʼlimi | Fargʻona politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Anoraxon Mamasodiqovna Qosimoxunova, Anarxan Mamasadikovna Kasimaxunova (1954-yil 27-sentyabr, Qorasuv shahri, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anoraxon Qosimoxunova 1954-yil 27-sentyabr Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1970-yilda Fargʻona politexnika institutini energetika fakultetiga oʻqishga qabul qilingan[1]. 1975-yilda insitutni tugatgach, „Elektr yuritma“ kafedrasida tadqiqotchi lavozimiga tayinlangan va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Kibernetika institutida tadqiqot ishlarini olib borgan. 1979-1984-yillarda Fargʻona politexnika institutida „EAPU“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1984—1985-yillarda energetika fakultetining dekani muovini, dekan vazifasini bajaruvchi, 1986—1994-yillarda „Elektr yuritma“ kafedrasining dotsenti, 1994—1996-yillarda „Elektr “ kafedrasining katta ilmiy xodimi, 1996—2001-yillarda „Elektr yuritma“ kafedrasining dotsenti, 2001—2004-yillarda „Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi“ning boshligʻi, 2004—2009-yillarda „Elektr energetikasi“ kafedrasining mudiri, 2009—2010-yillarda „Energetika“ fakultetining dekani lavozimida ishlagan. 2010-yilning mart oyidan „Elektr energetikasi“ kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976—1979-yillarda Leningrad shahridagi Butunittifoq tok manbalarini ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik tekshirish institutining aspiranturasida oʻqigan. 1982-yil 2-oktyabrda „Fototermobatareyalar yordamida quyosh va issiqlik energiyasini toʻgʻridan toʻgʻri elektr energiyasiga aylantirishni tadqiqot qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ega boʻlgan. 2003-yili „Fototermobatareyalarning ekspluatatsion ish rejimlarini tadqiqot qilish“ mavzuzida doktorlik dissertatsiyasini yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi boʻyicha yoqlab, texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga, 2010-yili professor ilmiy unvoniga ega boʻldi. 2017-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[2][3]. 350 dan ortiq ilmiy ishlar, shundan 9 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 6 ta ixtiro 1 ta foydali model muallifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi“ (2018-yil 7-mart).
- ↑ „8 mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida“ (2018-yil 8-mart).