Anorektal nuqsonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anorektal nuqsonlar – koʻpincha bolalik yoshida uchraydigan tugʻma kasalliklardir. Kasallikning kelib chiqishi homilaning dastlabki oylaridagi embriogenezi buzilishi hisobiga paydo boʻladigan murakkab patologik oʻzgarishlar natijasidir.[1]

Anorektal atreziyaning rentgenografik tasviri

Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda 50 dan ortiq anorektal tugʻma nuqsonlar tasnifi maʼlum boʻlib, bularning ichida amaliy jarrohlar koʻp qoʻllaydigan tasnif A.I. Lyonyushkin tasnifidir.[2]

U tasnif quyidagicha:

I. Atreziyalar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

A. Kloaka turlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Siydik qopiga tegishli.

2. Diloqqa (qinga) tegishli.

B. Atreziyaning oqmali turlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Oʻgʻil bolalarda: qovuq, uretra va oraliqqa ochilishi.

2. Qiz bolalarda: bachadon, qin, qin dahliziga ochilishi.

3. Qiz va oʻgʻil bolalarda: oraliq sohasiga (yorgʻoq va tashqi jinsiy aʼzolariga) ochilishi.

C. Atreziyaning oqmasiz turlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Orqa chiqaruv teshigi va toʻgʻri ichak atreziyasi.

2. Toʻgʻri ichak atreziyasi.

3. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasi.

II. Tugʻma torayishlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Orqa chiqaruv teshigi torayishi.

2. Toʻgʻri ichakning torayishi.

3. Orqa chiqaruv teshigi va toʻgʻri ichakning torayishi.

III. Meʼyoriy orqa chiqaruv teshigi boʻlgan holda tugʻma oqmalar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Qiz bolalar jinsiy aʼzolariga (qin, qin dahliziga).

2. 0‘gʻil bolalarda siydik chiqaruv yoʻllariga (qovuq va uretraga).

3. Qiz va oʻgʻil bolalarda oqmaning oraliq sohasiga ochilishi.

IV. Orqa chiqaruv teshigi ektopiyasi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Oraliq sohasiga (oʻgʻil va qiz bolalarda).

2. Qinga yaqin joydagi ektopiya.

V. Oraliq sohasining tugʻma ayrilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atreziyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atreziyalar butun anorektal nuqsonlaming 70-85% ini tashkil qilib, klinik belgilari atreziyalaming turiga bogʻliq.[3]

Oqmasiz atreziya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaqaloq tugʻilganidan keyin dastlab umumiy holati qoniqarli boʻladi. Keyinchalik 10-12 soatdan keyin chaqaloq bezovtalanib chinqira boshlaydi, uyqusi buziladi. Sutkaning oxirlariga borib ichak tutilishi belgilari yuzaga chiqa boshlaydi: bunda qorin shisha boshlaydi, avval meʼda, keyinchalik oʻt suyuqligini qusadi, chaqaloq emmaydi. Chaqaloqqa agar yordam koʻrsatilmasa, eksikoz va toksikoz belgilari kuchaya borib, qusish jarayonida aspiratsion zotiljamga yoki ichak kattalashib yorilishi natijasida ikkilamchi peritonitga asoratlanib, bemor hayotdan koʻz yumishi ham mumkin.

Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bemorga tashxis qoʻyish uchun oraliq sohasini profilaktik koʻzdan kechirib tekshirish va mekoniy chiqishiga eʼtibor berish kerak. Bunday holda atreziyalar birinchi koʻrishdan koʻzga tashlanadi. Keyinchalik uning turi, yaʼni orqa chiqaruv teshigi sohasidami, toʻgʻri ichak sohasidami va uning chuqurligi, yuqori yoki pastligi (2-2,5 sm gacha) tekshirishlar natijasida aniqlanadi. Orqa chiqaruv teshigi membranali atreziyasi. Bu atreziyalaning eng yengil turi boʻlib, bunda orqa chiqaruv teshigi sohasida xiraroq membrana borligi, uning sal deformatsiyalanganligi aniqlanadi. Bu membranali atreziya chaqaloq kuchanganda doʻppayib, mekoniy xira koʻrinadi. Paypaslaganda teri ostida yumshoq konsistensiyali mekoniy aniqlanadi. Chaqaloq bezovta boʻlganda, yigʻlaganda boʻrtmasada, paypaslab koʻrilganda yumshoq, kuchanganda mekoniy va ichak bosimi seziladi. Shunga qaramasdan, Vangesten usuli boʻyicha anus sohasiga tanga qoʻyib rentgen qilinib, oraliq masofa aniqlanadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xirurgik yoʻli bilan (qisqich) membrana ochiladi, orqa chiqaruv teshigi atreziyasi kengaytirilib, anus hosil qilinadi. Anus atreziyasi ham past atreziya turiga kirib, koʻrganda chandiqli joyi boʻlib, bir oz torayganroq boʻladi. Oraliq proktoplastikasi qilinib, ichak pastga tushiriladi va anus hosil qilinadi.

Toʻgʻri ichak va orqa chiqaruv teshigi atreziyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yuqori forma atreziyalariga kirib, bunda oraliq sohasining yaxshi rivojlanmaganligi, kichik hajmdaligi va dum suyagi, hatto dumgʻaza suyagining oʻsmaganligi ham qayd qilinadi. Anus sohasida teri silliq boʻlib koʻrinadi. Vangensten usuli boʻyicha rentgen qilinganda aniq yuqori (2,5 sm) atreziyaning formasi aniqlanadi. Aniq tashxis qoʻyishda punksiya, Peller-Sitkovskiy sinamasi qoʻllanadi. Boʻsh shprits ninasi anus sohasiga suqilib, chamasi 2 sm chuqurlikdan shprits orqali havo soʻriladi. Bunda gaz yoki mekoniya boʻlishi bilan nina belgi qilinib, tortib olinadi va atreziya uzunligi aniqlanadi. A.I. Lyonyushkin sinamasi boʻyicha shpritsga kontrast modda olinib, nina anus sohasiga sanchiladi, gaz yoki mekoniy paydo boʻlganida kontrast modda yuboriladi va rentgen qilinib, ichak konturi va atreziya turi aniqlanadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Operativ yoʻl bilan qorin-oraliq proktoplastikasi qilinadi.

Atreziyaning kloakal shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu ogʻir atreziyaning bir turi boʻlib, bunda urogenital sinus, oqma orqali atreziyalangan toʻgʻri ichak bilan qoʻshiladi. Bunday chaqaloqda anus boʻlmaydi. Jinsiy aʼzosidan siydik va axlat chiqib turadi, yaʼni kloaka vazifasini bajaradi. Ushbu nuqsonning bir necha anatomik turi farq qilinadi. Nuqsonlar, asosan, rentgenologik, kontrast eritmalar bilan tekshirish hisobiga aniqlanadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laparoskopiya qilinib, ichki jinsiy aʼzolardan biopsiya olinadi, jinsiy xromosomalar aniqlanib, bolaning jinsi aniqlanganidan keyin, bir necha plastik oraliq operatsiyalar bilan yetishmagan aʼzolar anatomik shakli tiklanib, normal holga keltiriladi.

Orqa chiqaruv teshigi va toʻgʻri ichakning tugʻma torayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tugʻma nuqsonlar ichida bu tugʻma torayish 10-15% ni tashkil etadi. Bu orqa chiqaruv teshigi sohasida, toʻgʻri ichak sohasida alohida boʻlib uchraydi. Torayishi membrana shaklida teridan yoki shilliq pardadan, baʼzan esa qattiq fibroz halqadan iborat boʻlib, bir necha mm dan 2—4 sm gacha boradi.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaqaloq tugʻilgandan keyin tugʻma torayishi juda qisqa boʻIsa, dastlab aniqlash qiyin boʻladi, chunki bunda kasallikning aniq belgilari yaqqol boʻlmaydi. Agar torayishi maʼlum bir masofada rivojlangan boʻIsa, birinchi kundan boshlab torayish hisobiga chaqaloq bezovtalanib, qiynalib lentasimon shaklda axlat chiqaradi (defekatsiya), chaqaloq ulgʻayib qoʻshimcha ovqatlanganidan keyin, bu koʻrinish yana avj olib, chaqaloqning ichi qotadi va chaqaloq qiynalib, defekatsiya sodir qiladi. Bu koʻrinish katta yoshdagi bolalarda juda rivojlangan boʻlib, ikkilamchi megakolon kabi ichaklar kengayishiga olib keladi. Kasallikning diagnostikasi uncha qiyin boʻlmaydi. Nuqsonni tashxislash bemor ota-onasining shikoyati, anamnez, bemomi koʻrish va barmoq bilan orqa chiqaruv teshigini tekshirish natijalariga koʻra qoʻyiladi. Agar tor soha juda yuqorida boʻlsa, rektoromonoskop bilan koʻriladi. Irrigografiya orqali torayish sohasining qancha chuqurlikda joylashganligini va uzunligini aniqlash mumkin.

Differensial tashxisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oraliq oqmasi, presakral kista, teratoma va Girshprung kasalligi bilan qilinadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab buj bilan ichak kengaytiriladi. Agar 1-1,5 oyda bu tadbir foyda bermasa, operativ yoʻl orqali kengaytiriladi. Operatsiyani tanlash torayish joyiga va xususiyatiga bogʻliq. Ichakning tor joyi yumshoq va keng boʻlmasa operativ yoʻl bilan aw al uzunasiga kesilib, keyin koʻndalangiga tiqiladi. Ichakning tor qismi 2,5 sm gacha boʻlsa, aylanasiga kesilib, sfinkterlarga jarohat yetkazilmasdan oraliq proktoplastikasi qilinadi, maksimal, tor joy pastga tushirilib kesib tashlanadi va ichak devori teriga tikiladi. Agar tor zona anus va toʻgʻri ichak sohasida boʻlsa kombinatsiyalangan proktoplastika bajariladi. Tor joy 3-4 sm chuqurlikda boTsa, Soave usuli boʻyicha qorin-oraliq proktoplastikasi qilinadi.[4]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichak tutilishi

Pastki ichak tutilishi

Girshprung kasalligi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anorektal atreziyalar teratogenezida embriogenetik omillarning roli

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda anorektal anomaliyalar

Атрезия ануса

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qobilov, Ergash. Tug'ma nuqsonlar, 1, Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017-yil — 117-118 bet. ISBN 978-9943-07-448-4. 
  2. Qobilov, Ergash. Tug'ma nuqsonlar, 1, Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017-yil — 117-118 bet. ISBN 978-9943-07-448-4. 
  3. Hamrayev Asqar. Anorektal nuqsonlar, 1, Toshkent, 2000-yil — 100-101 bet. 
  4. Sulaymonov. Tug'ma nuqsonlar, 1, Toshkent: Abu Ali Ibn Sino, 2000 — 232-235 bet. ISBN 978-5-638-02132-9.