Kontent qismiga oʻtish

Ansambl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ansambl (frans. ensemble — birlik, uygʻunlik, ohangdoshlik):

1) meʼmorlikda — bir kenglik mujas-samotiga ega bir-biriga mos binolar, inshootlar majmui;

2) musiqada:

  • maʼlum musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etilishi;
  • sozanda va ashulachilarning kichikroq toʻdasiga moʻljallangan musiqa asari. Opera, oratoriya va kantatalarda ham A. boʻladi. Ijrochilar soniga qarab A.lar duet (2 kishi), trio yoki ter-set (3 kishi), kvartet (4 kishi), kvintet (5 kishi), sekstet (6 kishi), septet (7 kishi), oktet (8 kishi), nonet (9 kishi) va hokazolarga boʻlinadi;

3) teatr sanʼatida — dramaturg, rejissyor, rassom, kompozitor va aktyorlar ijodining uygʻunligi. A sahna asari gʻoyasining mukammalroq ochilishiga xizmat qiladi va spektaklda uslub birligini yuzaga keltiradi. A. yaratish uchun har bir ijrochi boshqa ijrochilarning ham vazifalarini hisobga olishi, saxnada umumiy sur’at va ruhiyat muta-nosibligini oʻrnatishga harakat qilishi kerak. A ijoddosh aktyorlarning bir uyushmada uzoq vaqt ishlashi va bir ijo-diy maqsad bilan yashashi tufayli tarkib topadi;

4) amaliy sanʼatda — tusi bir xil, bichimi bir-biriga monand boʻlgan kiyim-kechaklar majmui.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil