Kontent qismiga oʻtish

Anshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anshan — Xitoyning shimoli-sharqidagi shahar, Lyaonin provinsiyasida. Aholisi 1,2 mln. kishidan ortiq. Anshan ogʻir sanoatning yirik markazlaridan biri. Metallurgiya kombinati, kimyo zavodi (kislota va kimyoviy oʻgʻitlar), konchilik jihozlari zavodi bor. Neftni qayta ishlash, ogʻir mashinasozlik va sement ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil