Antennalar
Qiyofa
Antennalar — oʻrgimchaksimonlardan boshqa hamma boʻgʻimoyoqlilar boshidagi bir juft moʻylovlar. Qisqichbaqasimonlarda koʻpincha sezgi organi, shoxdor moʻylovlilarda harakatlanish vazifasini bajaradi. Antennalar hasharotlarda juda xilma-xil (qilsimon, taroqsimon, yelpigʻichsimon, plastinkasimon va boshqalar) boʻlib, hid bilish, tuygʻu, taʼm bilish, eshitish, harorat, namlikni sezish va boshqa vazifani bajaradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |