Anthony Stewart
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anthony Kelvin Stewart[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-sentyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Brixton, Angliya[2] | ||
Boʻyi | 1.78 m[3] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Aberdeen | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Wycombe Wanderers | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2014 | Wycombe Wanderers | 56 | (4) |
2014 | → Crewe Alexandra (ijara) | 2 | (0) |
2014—2015 | Crewe Alexandra | 8 | (0) |
2015—2022 | Wycombe Wanderers | 197 | (8) |
2022 | Aberdeen | 7 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 21-sentyabr uchun) |
Anthony Kelvin Stewart (talaffuzi: Entoni Kelvin Styuart) (1992-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Anthony Stewart Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Aberdeen“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anthony Stewart „Wycombe Wanderers“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2011-yilda Anthony Stewart klub bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻlgan.
Anthony Stewart klub safidagi idebyut oʻyinini 2012-yil 14-yanvarda „Preston North End“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan[4]. Shundan soʻng Anthony Stewart oʻzining navbatdagi oʻyinini „Stevenage“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻtkazgan. Keyin Anthony Stewart „Carlisle“ futbol klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda ham maydonga tushgan. Anthony Stewartning asosiy jamoa oʻyinchisi sifatida paydo boʻlishi Birinchi liga jamoalari „Charlton“, „Colchester“ va „Stevenage“ futbol klublari tomonidan qiziqish bildirilgan vaqtga toʻgʻri kelgan[5].
Anthony Stewart 2014-yil noyabr oyida „Crewe Alexandra“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilgan[6]. 2015-yilning yanvarida Anthony Stewart „Crewe“ klubi bilan mavsum oxirigacha amal qiladigan qisqa muddatli shartnoma imzolagan[7].
2015-yil 26-iyunda, 2014—2015-yilgi mavsum oxirida „Crewe“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Anthony Stewart yana ikki yillik shartnoma asosida „Wycombe Wanderers“ futbol klubi safga qoʻshilgan[8]. 2020-yil 13-iyul kuni Anthony Stewart „Wycombe Wanderers“ klubi uchun birinchi golni Wembley stadionida „Oxford United“ futbol klubiga qarshi EFL Birinchi liga pley-off finali bahsidagi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻlgan[9].
2022-yil 22-iyun kuni Anthony Stewart Shotlandiya Premer-ligasi vakili "Aberdeen" futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan[10]. 2022-yil 8-iyulda „Aberdeen“ klubi menejeri Jim Goodwin Anthony Stewart klub sardori lavozimini egallashini eʼlon qilgan[11].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 21-sentyabr holatiga ko'ra;
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Wycombe Wanderers | 2011—2012 | Birinchi liga | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
2012—2013 | Ikkinchi liga | 19 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 22 | 1 | |
2013—2014 | 33 | 3 | 3 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 39 | 4 | ||
Wycombe | 56 | 4 | 4 | 0 | 2 | 0 | 3 | 1 | 65 | 5 | ||
Crewe Alexandra | 2014—2015 | Birinchi liga | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 |
Crewe | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | ||
Wycombe Wanderers | 2015—2016 | Ikkinchi liga | 27 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 31 | 1 |
2016—2017 | 31 | 1 | 4 | 1 | 1 | 0 | 5 | 1 | 41 | 3 | ||
2017—2018 | 17 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 22 | 1 | ||
2018—2019 | Birinchi liga | 17 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 19 | 1 | |
2019—2020 | 34 | 2 | 2 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 37 | 3 | ||
2020—2021 | Chempionat | 32 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 33 | 1 | |
2021—2022 | Birinchi liga | 39 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 42 | 2 | |
Wycombe | 197 | 8 | 12 | 2 | 7 | 1 | 9 | 1 | 225 | 12 | ||
Aberdeen | 2022—2023 | Shotlandiya Premer ligasi | 7 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 |
Jami | 270 | 12 | 16 | 2 | 14 | 1 | 12 | 2 | 312 | 17 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Notification of shirt numbers: Wycombe Wanderers“. English Football League. Qaraldi: 28-oktabr 2019-yil.
- ↑ Sky Sports Football Yearbook 2012–2013, 43rd, London: Headline, 2012 — 557-bet. ISBN 978-0-7553-6356-8.
- ↑ „Anthony Stewart“. wycombewanderers.co.uk. Wycombe Wanderers F.C.. 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2020-yil.
- ↑ „Preston 3–2 Wycombe“. BBC Sport (14-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Interest in Chairboys youngster“. Sky Sports (4-aprel 2012-yil). Qaraldi: 6-aprel 2012-yil.
- ↑ „Anthony Stewart: Crewe sign Wycombe defender on loan“. BBC Sport (27-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Anthony Stewart: Wycombe defender completes Crewe move“. BBC Sport (6-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 6-fevral 2015-yil.
- ↑ „Anthony Stewart returns to the club“. Wycombe Wanderers (26-iyun 2015-yil). Qaraldi: 26-iyun 2015-yil.
- ↑ „Chairboys promoted to the Championship“. Wycombe Wanderers (15-iyul 2020-yil). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ „Experienced defender signs pre-contract with the Dons“. afc.co.uk. Aberdeen FC (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
- ↑ „Anthony Stewart Named as New Dons Captain“ (8-iyul 2022-yil).