Kontent qismiga oʻtish

Antigistaminlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gistaminga qarshi dorilar, antigistamin vositalar — gistaminning ayrim aʼzolarga va butun organizmga taʼsirini susaytiradigan moddalar. Ular ichak va bronx muskullarining gistamin taʼsirida qisqarishiga yoʻl qoʻymaydi, uning qon aylanishiga taʼsirini kamaytiradi, kapillyarlar oʻtkazuvchanligining gistamin taʼsirida ortishiga toʻsqinlik qiladi, anafilaktik reaksiyalarning kechishini osonlashtiradi. G. q. d. meʼdadan shira chiqishining gistamin taʼsirida kuchayishiga barham bermaydi, gistamin chiqishiga aytarlik taʼsir koʻrsatmaydi va antigen — antitelo reaksiyalariga putur yetkazmaydi. Ayrim G. q. d. markaziy nerv sistemasining faoliyatini susaytirib, bemorni tinchlantiradi va uxlatadi, narkotik, ogʻriq qoldiruvchi dorilar taʼsirini kuchaytiradi, dengiz va togʻ kasalligida koʻngil aynishi va qusishning oldini oladi, homiladorlarning qusishini bosadi, tirishishga qarshi taʼsir etadi.

20-asr oxirlarida G.q.d.ningyangi turkumi — N2-gistamin blokatorlar ixtiro qilindi. Bulardan simetidin, ranitidin, famotidin, nizatidin, roksatidin va ularning koʻplab analoglari meʼda-ichak yarasini davolashda keng qoʻllanilmoqda. G.q. d. asosan eshakem, allergik va vazomotor rinit, allergik konʼyunktivit, ekzema, kapillyarotoksikoz, bronxiol astmaning boshlangich davrida buyuriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil