Kontent qismiga oʻtish

Antigua (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antigua, Antigua-Guatemala — Gvatemaladagi shahar, Agua va Fuego vulkanlari etagida, 1500 m balandlikda. Sakatepekes departamentining maʼmu-riy markazi. Aholisi 30 mingga yaqin kishi (1990). Muhim qishloq xoʻjaligi rayonining (shakarkamish, donli ekinlar) savdo mar-kazi. Universitet (18-asrdan) bor. Shaharga 1542 — 43 yillarda asos solingan. 16 — 18-asrlarda Gvatemalaning poytaxti va Mar-kaziy Amerikaning eng muhim madani-yat markazi boʻlgan. 1773-yilda zilziladan vayron boʻlgan. A. — shahar muzey. 17 — 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil