Antik adabiyot
Qiyofa
Antik adabiyot (lot. antiquus — qadimgi) — Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (mil. av. 9—8-asrlar). Bu adabiyotning ilk namunasi „Iliada“ va „Odisseya“ dostonlari boʻlib, bular „Go-mer dostonlari“ deb ham ataladi. Gomer-dan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqa ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va Qad. Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerli-klarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000-yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |