Antimetabolitlar
Qiyofa
Antimetabolitlar (anti… va yun. metabole — oʻzgarish) — tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladigan oraliq birikmalarning oʻzlashtirilishini izdan chiqaradigan moddalar. Organizmga yot moddalardan hisoblanadi. A. kimyoviy xossalari va tuzilishi bilan hayot uchun zarur moddalar (metabolitlar)ga yaqin turadi. Shuning uchun A metabolitlarning parchalanishi yoki sintezida ishti-rok etadigan fermentlar bilan reaksiyaga kirishib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Natijada fermentlar faoliyati toʻxtab, biokimyoviy jarayonlar buziladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |