Antimonidlar
Qiyofa
Antimonidlar — surma elementining metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Erish temperaturalari nisbatan yuqori boʻlgan qattiq moddalar. Vodorod antimonid (stibin) nihoyatda zaharli gaz. Metall Antimonidlar uz xossalari bilan nitridlarga oʻxshaydi. Davriy sistemaning birinchi, ikkinchi va qisman uchinchi guruhlaridagi asosiy guruh elementlarning Antimonidlarida surma uch valentli boʻladi. Qoʻshimcha guruh metallarining Antimonidlarida surmaning valentligi uchdan ortiq yoki kam boʻlishi mumkin. Alyuminiy, galliy va indiy metallarining Antimonidlari yarimoʻtkazgich xossasiga ega. Baʼzi metallarning Antimonidlari yumshoq materiallarning qattiqlik va moʻrtligini oshirish maqsadida sanoatda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |