Kontent qismiga oʻtish

Antinomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antinomiya (yunoncha: „antinomia“ – qonunning ichki ziddiyati) – mantiqiy isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa oʻrtasidagi ziddiyat. Qadimgi dunyo mutafakkirlari asarlarida antinomiya aporiya shaklida ishlatilgan. 18-asrda antinomiya haqidagi taʼlimotni Kant ishlab chiqdi. Uningcha, inson aqli olamning mohiyatini bilmoqchi boʻlsa, bir-biriga zid boʻlgan xulosalarga keladi. Kant fikricha, shu tarzda toʻrtta antinomiya vujudga keladi: 1. Olam chekli va cheksiz. 2. Har bir murakkab javhar – substansiya oddiy narsalardan tuziladi va hech qanday oddiy narsa yoʻq. 3. Olamda erkinlik mavjud va determinizm hukmronpik keladi. 4. Olamning bosh sababchisi (xudo) mavjud va olamning bosh sababchisi yoʻq. Kantning bu taʼlimoti agnostitsizm bilan bogʻlangan. Antinomiya real olamning dialektik ziddiyatga ega ekanligini ifodalaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil