Antiox devori
Qiyofa
Antiox devori – qadimgi Margʻiyona (Marv) vohasi atrofini oʻragan ulkan mudofaa inshooti. U salavkiylar hukmdori Antiox I Soter (Xaloskor) (miloddan avvalgi 324 – 261) davrida koʻchmanchi day (sak qabilalaridan biri) qabilalarining hujumidan Margʻiyonani mudofaa etish maqsadida qurilgan. Antik davr tarixchilaridan Strabon (miloddan avvalgi 64/63 – mil. 23/24)ning maʼlumotiga koʻra, Antiox devori uz. 1500 stadiy (1 stadiy – 148 – 210 m), yaʼni – 315 km boʻlib, qalinligi 5,2 m. 10-asr arab geografiyasi taxriy bu devor xarobalarini „Array“ nomi bilan tilga olgan. Antiox devori qoldiqpari Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyam tomonidan (1946-yil) oʻrganilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |