Antipassatlar
Qiyofa
Antipassatlar – tropik kengliklarning troposferasida passatlar ustida esadigan gʻarbiy havo oqimi. Antipassatlarning quyi chegarasi oʻrta hisobda 4 km balandda; subtropiklardan ekvatorga tomon va qishdan yozga qadar kuchayib boradi. Antipassatlar Shimoliy yarim sharda asosan janubi-gʻarbdan, Janubiy yarim sharda esa shimoli-gʻarbdan esadi (qarang Passatlar).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |