Antisegnetoelektriklar
Antisegnetoelektriklar — dipollari parallel joylashmagan seg-netoelektriklar. A. antiferromagnitlarning oʻxshashi boʻlib, tashqi elektr maydon boʻlmaganda ionlarning ayrim kristall panjaralari noldan farqli elektr dipol momentiga ega boʻladi. Tashqi elektr maydon taʼsirisiz ham di-pollari bir xil yoʻnalgan domenlar mav-jud. Elektr maydon kuchi yoʻnalishidagi koʻshni domenlarda dipollarning ori-yentirlanishi (yoʻnalishi oʻzgarishi) na-tijasida domen oʻsa boshlaydi. Eng oxi-rida dielektrik shu yoʻnalish boʻyicha qutblanadi. Dielektriklar elektr maydon kuchi taʼsirida qancha jadal qutblansa, shu dielektrik ishlatilgan kondensatorning sigami shuncha katta boʻladi. Baʼzi A.da kuchli elektr maydon taʼsirida segnetoelektrik holatga fazoviy oʻtish sodir boʻladi, yaʼni antipa-rallel holatdan dipollari tartiblashgan pa-rallel holatga oʻtiladi. A. ga PbZ2O3, NaNbOj, PbMgWO6 va boshqa birik-malar kiradi. Ularda antisegnetik holatdan segnetik holatga fazoviy oʻtish mos ra-vishda 230°, 360° va 38°da sodir boʻladi. Baʼzi qattiq birikmalar asosidagi A.ning dielektrik va pezoelektrik koʻrsatkichlari yaxshi boʻlganligi uchun elektron texnikada keng ish-latiladi (chiziqsiz optik material sifatida lazer texnikasida; yorugʻlik nurini boshqarish uchun elektrooptik qurilmalarda, past chastotali, katta solishtirma sigʻimga ega boʻlgan konden-satorlarni ishlab chiqarishda; hisoblash texnikasida xotira elementi sifatida; dielektrik kuchaytirgichlarda, modulyatorlar va boshqa qurilmalarda ishla-tiladi).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |