Antlar
Antlar — slavyan qabilalari ittifoqining VI - VII asr boshida Vizan-tiya va got tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi. „Ant“ soʻzi birinchi marta III asrga oid Kerch hujjatlarida tilga olinadi. A. Dnestr va Dnepr daryolari oraligʻida yashagan. IV -VIII asrlarda A.da chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik, zargarlik, toʻqimachilik va temirchilik) ancha rivojlangan; hunarmandchilik mahsulotlari, asosan, ichki va tashqi savdo uchun tayyorlangan. Aning qadimgi madaniyati fanda „Chernyaxovskaya madaniyati“ nomi bilan yuritiladi. Ijtimoiy tuzumi — harbiy demokratiya. Gotlar, Vizantiya va avarlarga qarshi urush olib borganlar. A. Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq qilgan. Arxeologik qazilmalarda Rimda yasalgan kumush tangalar, shisha, metall va sopol idishlar hamda zeb-ziynatlar uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |