Antonia Fraser
Antonia Fraser Xonim | |
---|---|
Fraser, 2010-yil | |
Tavalludi |
Antonia Margaret Caroline Pakenham 27-avgust 1932-yil London, Angliya |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik[1] |
Faoliyat yillari | 1969– hozirgacha |
Janr | Biografiya, detektiv janr |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari |
6 nafar: Benjamin Fraser (oʻgʻli) Damian Fraser (oʻgʻli) Orlando Fraser (oʻgʻli) Rebecca Fraser (qizi) Flora Fraser (qizi) Natasha Fraser-Cavassoni (qizi) |
Ota-onasi |
|
Antonia Margaret Caroline Fraser xonim (1932-yil 27-avgustda tugʻilgan) – bir qancha romanlar, biografiyalar, tarixiy va detektiv janrdagi asarlar muallifi. Adabiyot boʻyicha 2005-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Harold Pinterning rafiqasi (1930–2008). Erining oʻlimidan avval Antonia Pinter xonim familyasi bilan ham tanilgan[2][3].
Oilasi va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fraser Longfordning 7-grafi (1905–2001) va uning rafiqasi longfordlik grafinya Elizabeth Harmanning (1906–2002) qizi, oilada sakkiz farzandining toʻngʻichi boʻlgan. Grafning qizi boʻlganligi sababli „xonim“ unvoni berilgan[2].
Oʻsmirlik chogʻida[4] u va uka-singillari xirstianlikni qabul qilishgan[2][5].
Antonia dastlab Oksforddagi Dragon[2][6], Ascotdagi St Mary maktabida, keyinchalik yana Oksforddagi Lady Margaret Hallda tahsil olgan[4][7][8].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fraser Weidenfeld & Nicolsonda George Weidenfeldning yordamchisi sifatida ishlay boshlagan. Keyinchalik, ushbu tashkilot uning shaxsiy nashriyotiga va Buyuk Britaniyada oʻz asarlarini nashr etadigan Orion Publishing Groupning bir qismiga aylangan[2][9].
Shuningdek, Fraser Jemima Shore ismli qahramon ishtirokidagi eng mashhur detektiv romanlarini yozgan. Ushbu asarlar asosida „Jemima Shore Investigates“ teleseriali suratga olingan. Serial 1983-yilda Buyuk Britaniyada namoyish etilgan[7].
Freser „Men hech qachon siyosiy janrdagi asarlarni yoki shunga oʻxshash narsalarni yoza olmadim deb oʻylayman“ deya taʼkidlagan[10]. 1992-yilda, yaʼni Alison Weirning „The Six Wives of Henry VIII“ kitobi nashr etilganidan bir yil oʻtib, Fraserning ham xuddi shu nomdagi kitobi bosib chiqarilgan.
Fraser tomonidan yozilgan „Marie Antoinette: The Journey“ (2001, 2002) nomli tarjimai hol rejissyor Sofia Coppola tomonidan „Marie Antoinette“ nomi ostida ekranlashtirilgan. Filmda bosh rolni ijro etgan aktrisa Kirsten Dunst va „Love and Louis XIV: The Women in the Life of the Sun King (2006)“ filmida ham asosiy qahramon rolini gavdalantirgan edi[11]. Fraser qirolicha Elizabeth I ning tarjimai holini yozishni istagan edi, biroq bu mavzu allaqachon keng yoritilganligi sababli bu ishga qoʻl urmagan[12].
Fraser 1983-yildan 1984-yilga qadar Edinburgdagi Sir Walter Scott klubi prezidenti boʻlib faoliyat yuritgan[13]. Hozirda London kutubxonasining vitse-prezidenti hisoblanadi[14].
Nikohi va keyingi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1956–1977-yilga qadar oʻzidan 14 yosh katta Sir Hugh Fraser bilan birga yashagan. Ularning olti farzandi, Benjamin (1961), Damian (1964) va Orlando (1967) ismli uch oʻgʻli va Rebecca (1957), Flora (1958) va Natasha Fraser-Cavassoni (1963) ismli uch qizi bor. Uchala qizi ham yozuvchi hisoblanadi[7][15]. Oʻgʻilari Benjamin Fraser JPMorgan Chase kompaniyasida, Damian Fraser Meksikadagi UBS AG (sobiq SG Warburg) investitsiya banki firmasining boshqaruvchi direktori vazifasida, Orlando Fraser esa tijorat huquqiga ixtisoslashtirilgan advokat (Wroe) sifatida faoliyat yuritadi[7]. Antonia Fraserning 18 nafar nevarasi bor[16].
1975-yilda dramaturg Harold Pinter bilan ishqiy munosabatlarini boshlagan, ammo keyinchalik Harold aktrisa Vivien Merchantga uylangan[2][7].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Mary, Queen of Scots“ kitobi uchun James Tait Black xotira mukofoti (1969);
- „The Weaker Vessel“ kitobi uchun Wolfson Tarix mukofoti (1984);
- Saint Louis universiteti kutubxonasi xodimlarining St. Louis adabiy mukofoti[17][18] bilan taqdirlangan.
Tarixiy fantastik asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Qirol Artur va davra stolining ritsarlari“ (1954)
- „Robin Gud“ (1955)
Jemima Shore romanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Quiet as a Nun“ (1977);
- „The Wild Island“ (1978), shuningdek, „Tartan Tragedy“ nomi ostida ham nashr etilgan;
- „A Splash of Red“ (1981);
- „Cool Repentance“ (1982);
- „Oxford Blood“ (1985);
- „Jemima Shoreʼs First Case“ (1986);
- „Your Royal Hostage“ (1987);
- „The Cavalier Case“ (1990);
- „Jemima Shore at the Sunny Grave“ (1991);
- „Political Death“ (1995);
- „Jemima Shore on the Case“ (2006)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Mel Gussow, „The Lady Is a Writer“, The New York Times Magazine, 9 September 1984, Sec. 6, Health: 60, col. 2. Print. The New York Times Company, 9 September 1984; retrieved 8 April 2009.
- ↑ Antonia Fraser, „Writer’s Rooms: Antonia Fraser“, Guardian, Culture: Books, Guardian Media Group, 13 June 2008; retrieved 8 April 2009. (Includes photograph of Antonia Fraser’s study.)
- ↑ 4,0 4,1 Ginny Dougary, „Lady Antonia Fraser’s Life Less Ordinary“
„In a Frank Interview, the Famed Writer Talks about Motherhood, Catholicism, Her Parents and Soulmate Harold Pinter“, The Times, News Corporation, 5 July 2008, 9 April 2009. - ↑ Daniel Snowman, „Lady Antonia Fraser“, History Today 50.10 (October 2000): pp. 26–28, History Today, n.d., 8 April 2009 (excerpt; full article available to subscribers or pay-per-view customers).
- ↑ „Non-Fiction: Antonia Fraser: Author Q&A“ (Wayback Machine saytida 27 September 2007 sanasida arxivlangan), Orion Books, 2004–2007 [updated 2009]; retrieved 9 April 2009.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Nicholas Wroe, „Profile: The History Woman“, The Guardian, Arts & Humanities, 24 August 2002; retrieved 8 April 2009.
- ↑ Nicholas Wroe, „Profile: The History Woman“, The Guardian, Arts & Humanities, 24 August 2002; retrieved 8 April 2009.
- ↑ Antonia Fraser, „Antonia Fraser: Author Q&A“ (Wayback Machine saytida 27 September 2007 sanasida arxivlangan), Orion Books, 2004–2007 [updated 2009]. Retrieved 9 April 2009.
- ↑ Wroe, Nicholas. „The History Woman“. The Guardian (2002-yil 23-avgust). Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
- ↑ Antonia Fraser, „Sofiaʼs Choice“, Vanity Fair, November 2006, Condé Nast Publications; retrieved 9 April 2009.
- ↑ „Antonia Fraser to tell Harold Pinter 'love story'. Historical biographer will publish her 'portrait of a marriageʼ to the Nobel laureate in January 2010“, The Guardian, 9 June 2009. Retrieved 19 June 2009. [There is a factual error in this account; the Pinter-Merchant marriage was not dissolved in 1977, as stated, but in 1980, shortly before Pinter and Fraser married; Merchantʼs delay in signing the divorce papers resulted in the reception (scheduled for Pinter’s 50th birthday on 10 October 1980) being held before the wedding, which occurred two weeks later, according to Michael Billington's authorised biography of Pinter (Harold Pinter, pp. 271–72). It was the Frasers' marital union that was dissolved in 1977.]
- ↑ „Our President in 1983/84 was: Lady Antonia Fraser“, biography, Edinburgh Sir Walter Scott Club, n.d. Retrieved 8 April 2009.
- ↑ „Patrons, Presidents and Trustees“. londonlibrary.co.uk. Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
- ↑ „Sir Hugh Fraser Dead; Long a Tory Legislator“, Obituaries, The New York Times, 7 March 1984, 13 June 2008.
- ↑ „Non-Fiction: Author: Antonia Fraser“ (Wayback Machine saytida 20 November 2012 sanasida arxivlangan), Orion Books, 2004–2007 [updated 2009]; retrieved 9 April 2009.
- ↑ „Website of St. Louis Literary Award“. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyul.
- ↑ Saint Louis University Library Associates. „Recipients of the Saint Louis Literary Award“. 2016-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyul.