Kontent qismiga oʻtish

Antonimlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antonim

(anti … va yun. onoma — ism, nom) — zid maʼnoli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland — past, uzun — qisqa); 2) affik-A. (suvli — suvsiz); 3) sintaktik A. (yuz - bashara).

Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlar, yaʼni maʼnosi bir-biriga zid boʻlgan soʻzlar antonim deyiladi.

Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama-qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar baʼzan juft holda qoʻllanilib maʼno kengaytiradi yoki maʼno ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp maʼnoli soʻz oʻzining har bir maʼnosi bilan ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi, yoki qattiq yer — yumshoq yer; baxil (xasis) odam — saxiy odam.

Bundan tashqari unga sinonim boʻlgan shod, xushvaqt kabi soʻzlarga antonim boʻla oladi. Demak, bir soʻz sinonimik qatorni tashkil etuvchi soʻzlarning har biri bilan atnonim boʻla oladi: baxil — yumshoq, saxiy; tez — sekin, ogʻir; chiroyli — xunuk, badbashara, badburush. Antonimik juftlar koʻchma maʼno ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga koʻchgan), achchiq-chuchuk (otga koʻchgan).

Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel — kelma, bor — borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar feʼlning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik — yomonlik (ot), uzun — qisqa (sifat), koʻp — oz (ravish), keldi — ketdi (feʼl). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni taʼsirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid maʼnoli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy sanʼat hosil qilinadi. Bunday sanʼatga tazod sanʼati deyiladi.

a




  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Axborot resurslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]