Kontent qismiga oʻtish

Antonina Shoroxova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antonina Alekseyevna Shoroxova (Vasileva) (1881-yil 25-yanvar (ba’zi manbalarda 6-fevral), Saratov1979-yil 6-fevral, Toshkent) — rus va sovet doktori, professor, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Toshkentdagi birinchi akusher-ginekolog sanaladi.

Antonina Alekseyevna Shoroxova (Vasileva) 1881-yil 25-yanvarda Saratov shahrida tugʻilgan. A.A.Shoroxova 1898-yilda Saratovdagi ayollar gimnaziyasini tamomlagan. Keyin u Sankt-Peterburgdagi ayollar tibbiyot institutida tahsil oladi va bu dargohni 1909-yilda tugatadi. Antonina Alekseyevnaning kurdosh-dugonalari Nobel-Oleynikova, Marta Ludvigovnalar edi. Boʻlajak doya institutni tamomlagach, 1909-1912-yillarda institutning akusherlik-ginekologik klinikasida ordinaturada tahsil oladi. 1912-yildan 1916-yilgacha u Tuladagi guberniya qishloq kasalxonasida ishlagan.

1916-yildan boshlab u Toshkentda ishlay boshladi va u yerda shahar kasalxonalaridan birida ginekologiya boʻlimi tashkil qildi. 1917-1936-yillarda Shoroxova Toshkent shahar kasalxonasida ishladi, uning rahbarligida Oʻrta Osiyo Davlat universiteti stajyorlari va tibbiyot fakulteti talabalari akusherlik va ginekologiya boʻlimida ixtisoslashtirilgan. 1925-yilda Antonina Alekseevna Shoroxova bir qator G'arb mamlakatlarida: Angliya, Germaniya va AQShda xorijiy ilmiy missiyada edi.

Antonina Alekseyevna Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan. 1947-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylangan. U Lenin ordeni, ikki marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

A.A.Shoroxova 1979-yilda Toshkentda vafot etgan va Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.