Kontent qismiga oʻtish

Antonio Rukavina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Antonio Rukavina
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-yanvar 1984-yil (1984-01-26) (40 yosh)
Tavallud joyi Belgrad, SR Serbiya,
SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bežanija
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2006 Bežanija 145 (18)
2007 Partizan 32 (4)
2008 Borussia Dortmund 19 (0)
2009—2012 1860 Munich 112 (1)
2012—2014 Valladolid 71 (2)
2014—2018 Villarreal 60 (0)
2018—2021 Astana 67 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2019 Serbiya 59 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Antonio Rukavina (talaffuzi: Antonio Rukavina) (1984-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rukavina 2002/2003-yilgi mavsumda Serbiya va Chernogoriya 2-ligasida gʻalaba qozongan mahalliy „Bezaniya“ klubida kattalar tarkibidagi debyutini amalagaa oshirgan. U shuningdek jamoasiga, 2005/2006-yilgi Serbiya Birinchi ligasida gʻalaba qozonishda yordam bergan. Gʻalabadan keyin uning jamosi Serbiya Superligasiga koʻtarilgan.

2006-yil dekabr oyida „Partizan“ va „Bezaniya“ Rukavina va Žarko Lazetich transferi shartlarini kelishib olgani eʼlon qilingan[1]. Har ikki futbolchi 2007-yilning yanvarida toʻrt yillik shartnoma imzolagan[2]. Yangi tayinlangan murabbiy Miroslav Dukich qoʻl ostida Rukavina 2006//2007-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan hamda oʻzini asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan. Keyinchalik u 2007/2008-yilgi mavsum oldidan jamoa sardori etib tayinlangan.

2008-yilning yanvarida Rukavina Germaniyaning „Borussiya Dortmund“ klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan[3]. U oʻsha yilning fevral oyida Bundesligadagi debyutini oʻtkazgan va „MSV Duisburg“ga qarshi kechgan bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. 2009-yil fevral oyida Rukavina Bundesliga 2 jamosi 1860 Munichga jara asosida oʻtgan[4]. 2009-yil iyun oyida u doimiy ravishda 1860 Munichning doimiy futbolchisiga aylangan[5].

2012-yil iyul oyida Rukavina Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va Valyadolid bilan uch yillik shartnoma imzolagan[6]. U avgust „Zaragoza“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda La Ligadagi debyutin oʻtkazgan. Ikki mavsumda Rukavina 71 oʻyinda maydonga tushgan va ikkita gol muallifiga aylangan.

2014-yilning 8-iyulida Rukavina „Vilyarreal“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7].U ispan jamoasi safida barcha musobaqalarda 32 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyingi 2015/2016-yilgi mavsumda Rukavina 31 oʻyinda maydonga tushgan.

2018-yilning iyul oyida Rukavina Qozogʻiston chempioni „Astana“ jamoasi tarkibiga erkint agent sifatida qoʻshilgan[8]. U birinchi mavsumida ularga liga chempionligini himoya qilishga yordam bergan. 2019-yilning avgustida Rukavina klub bilan shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan[9]. 2021-yil 11-noyabrda Rukavina futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[10].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rukavina 2007-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Serbiya sharafini himoya qilgan[11]. U turnir davomida jamoaning birinchi raqamli oʻng qanot himoyachisi boʻlgan. Bu pozitsiyada toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

2007-yil 2-iyunda Rukavina Serbiya terma jamoasi safida debyut oʻyinda maydonga tushgan. Bu oʻyin UEFA yevro-2008 saralashida Finlandiyaga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyin boʻlgan[12]. U 2010-yilgi FIFA Jahon Kubogi uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritilgan[13].

2018-yil iyun oyida Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mladen Krstajic Rukavinani FIFA Jahon chempionati-2018 uchun yakuniy 23 kishilik tarkibga kiritgan[14]. U guruh bosqichining ikki oʻyinida, Kosta-Rika (1:0 gʻalaba) va Braziliyaga (2:0 magʻlubiyat) qarshi[15][16] oʻyinlarda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bežanija 2002—2003 Serbiya Ligasi 27 8 27 8
2003—2004 Serbiya Ikkinchi Ligasi 33 3 33 3
2004—2005 33 2 33 2
2005—2006 Serbiya Birinchi Ligasi 36 3 36 3
2006—2007 Serbiya Super Ligasi 16 2 16 2
Jami 145 18 145 18
Partizan 2006—2007 Serbiya Super Ligasi 15 3 2 0 0 0 17 3
2007—2008 17 1 0 0 2 0 19 1
Jami 32 4 2 0 2 0 36 4
Borussia Dortmund 2007—2008 Bundesliga 14 0 4 0 18 0
2008—2009 5 0 1 0 1 0 1 0 8 0
Jami 19 0 5 0 1 0 1 0 26 0
1860 Munich (loan) 2008—2009 2. Bundesliga 15 1 0 0 15 1
1860 Munich 2009—2010 2. Bundesliga 32 0 3 0 35 0
2010—2011 34 0 2 0 36 0
2011—2012 31 0 2 0 33 0
Jami 112 1 7 0 119 1
Valladolid 2012—2013 La Liga 37 1 1 0 38 1
2013—2014 34 1 1 0 35 1
Jami 71 2 2 0 73 2
Villarreal 2014—2015 La Liga 21 0 7 0 4 0 32 0
2015—2016 18 0 3 0 10 0 31 0
2016—2017 4 0 2 0 6 0 12 0
2017—2018 17 0 4 0 3 0 24 0
Jami 60 0 16 0 23 0 99 0
Astana 2018 Qozog'iston Premyer ligasi 3 0 0 0 14 0 0 0 17 0
2019 28 0 0 0 14 0 1 0 43 0
2020 11 0 0 0 0 0 0 0 11 0
2021 25 0 3 0 4 0 2 0 34 0
Jami 67 0 3 0 32 0 3 0 105 0
Karyerada jami 507 25 35 0 58 0 4 0 604 25
Terma jamoa yil boʻyicha o'yin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ilovalar Maqsadlar
Serbiya 2007-yil 7 0
2008-yil 7 0
2009-yil 4 0
2010-yil 4 0
2011-yil 0 0
2012-yil 1 0
2013-yil 5 0
2014-yil 2 0
2015-yil 0 0
2016-yil 7 0
2017-yil 7 0
2018-yil 11 0
2019-yil 4 0
Jami 59 0
  1. „Lazetić i Rukavina u Partizanu!“ (sr). partizan.rs (2006-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.[sayt ishlamaydi]
  2. „Tri nove laste u Partizanovom jatu!“ (sr). partizan.rs (2007-yil 11-yanvar). 2020-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  3. „Rukavina completes Dortmund transfer“. uefa.com (2008-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 15-avgust.
  4. „Antonio Rukavina wechselt auf Leihbasis zu 1860 München“ (de). bvb.de (2009-yil 2-fevral). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  5. „Sven Bender für Rukavina“ (de). kicker.de (2009-yil 18-iyun). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  6. „El Valladolid ficha a Lluís Sastre y al serbio Antonio Rukavina“ (es). marca.com (2012-yil 20-iyul). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  7. „Rukavina, nuevo fichaje del Villarreal“ (es). marca.com (2014-yil 8-iyul). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  8. „Rukavina leaves Villarreal, joins Astana“. football-espana.net (2018-yil 4-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  9. „Марин Томасов и Антонио Рукавина продлили контракты с Астаной“ (ru). fcastana.kz/. FC Astana (2019-yil 26-avgust). 2019-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
  10. „Антонио Рукавина: В Казахстане я чувствовал себя как дома“ (Russian). fcastana.kz/. FC Astana (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  11. „Rukavina's eyes on last four“. uefa.com (2007-yil 14-iyun). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  12. „Stanković: "Čestitke debitantima"“ (sr). b92.net (2007-yil 2-iyun). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  13. „Serbia cuts goalkeeper Brkic to make 23“. espn.com (2010-yil 1-iyun). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
  14. „Soccer: Krstajic names Serbia's final 23-man World Cup squad“. Reuters (2018-yil 1-iyun). Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  15. „Kolarov stunner seals Serbia win“. fifa.com (2018-yil 17-iyun). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  16. „Brazil see off Serbia to top group“. fifa.com (2018-yil 27-iyun). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.