Antranil kislota
Antranil kislota -o-aminobenzoy kislota, rangsiz kri-stall. Mol. m. 137,14. Suyuqlanish temperaturasi 145°. Issiq xloroform, etanol va piri-dinda yaxshi eriydi. Haydalganda kar-boksil guruhini yoʻqotib anilinga ayla-nadi. Eritmalari shirin boʻlib, koʻk flu-oressensiyalanish xususiyatiga ega. Antranil kislota ftalimidning ishqoriy eritmasiga na-triy gipobromit yoki natriy gipoxlorit taʼsir ettirib olinadi. Sirka kislota eritmasida Antranil kislota kadmiy, kobalt, mis, nikel, rux, molibden, qoʻrgʻoshin va si-mob bilan ichki kompleks (kam eruvchan) bi-rikmalar hosil qiladi. Uning bu xusu-siyatidan mazkur elementlar miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Antranil kislota turli azoboʻyoklar olish uchun asosiy xom ashyo-dir. Uning metil efiri atir-upa ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |