Kontent qismiga oʻtish

Anuriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anuriya (yun. an — inkor qoʻshimchasi va uron — siydik) — siydik tutilishi; bunda buyrakda hosil boʻlgan siydik qovuqqatushmaydi. Prerenal A. buyrak tomirlarining oʻsmalar bilan qisilishi yoki qayrilib ketishi, shuningdek buyrak arteriyalariga tromb yoki embol tiqilib 567qolishi natijasida kelib chiqadi. Koʻp qon yoʻqotish, yurak-tomirlar sistema-sidagi kamchilik va shok, ich ketishi sa-babli koʻp suyuqlik yoʻqotish, betoʻxtov qusish, badanning shishib ketishi, assit va sh.k. kasalliklarda qon aylanishining ogʻir darajada buzilishi natijasida paydo boʻladigan A. ham prerenal A.ga kiradi. Bunday A.da buyraklar ham, siy-dik yoʻllari ham zararlanmaydi; arteri-al bosimning pasayishi, buyraklardan kam qon oʻtishi, qonda suvning kamayi-shi va boshqa ekstrarenal omillar katta rol oʻynagani uchun siydik toʻxtashining bu turini ekstrarenal A. deb ham ataladi. Renal (chin) A. buyrak toʻqimasining sidirgʻa patologik ja-rayondan zararla-nishi (glomerulonefrit, piyelonefrit, sulema, kantaridin, qoʻrgʻoshin tuzlari va sulfanil-amidlardan zaharlanish va hokazo) natijasida roʻy beradi. Postre-nal (buyrak orti) A. esa yuqori siydik yoʻllarida siydik oqimini toʻsuvchi bi-ror illat boʻlishi oqibatida vujudga ke-ladi. Reflektor A. kuchli ru-hiy hayajon, jarohatlanishdan keyin qattiq ogʻriq sezish natijasida paydo boʻladi. Ikki sutka va undan ortiq vaqt ichida siydik kelmay qolishi uremiyaga sabab boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil