Kontent qismiga oʻtish

Anvar Abutolibov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Abutolibov
Asl ismi qozoqcha: Әнуар Әбутәліпов
Tavalludi 7-dekabr, 1923-yil
Sirdaryo viloyati, Turkiston ASSR, SSSR
Vafoti 30-iyul, 2002-yil, (78 yosh)
Qiziloʻrda viloyati, Qozogʻiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Xizmatdagi yillari 19421945

Anvar Abutolibov(1923-yil 7-dekabr, Sirdaryo viloyati, Turkiston ASSR – 2002-yil 30-iyul, Qiziloʻrda viloyati) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi desanti.

Anvar Abutolibov 1923-yil 7-dekabrda Rossiya Imperiyasi tarkibidagi Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻsha yerdagi oʻrta maktabni tamomlagach, kolxozda bir muddat ishlaydi.

Anvar Abutolibov 1942-yil sentyabr oyida Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasi safiga chaqiriladi. U 1944-yil 24-oktyabrda Ukraina gvardiya frontiga tegishli boʻlgan havo-desant ekipaji komandiri boʻlib ishlashga kirishadi. Vengriyaning Tisadorogma qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi Tisa daryosini kesib oʻtib, dushman mudofaasini oʻrganadi. Shundan soʻng, u 1 kun ichida oʻq-dorilar ortilgan 47 ta parvozni amalga oshiradi.

SSSR Oliy Kengashining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurash paytida qoʻmondonlik vazifasini namunali bajarganligi hamda Qizil Armiyadagi jasorati va qahramonligi uchun „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ hamda „Oltin yulduz medali“ bilan taqdirlangan[1].

1945-yil avgust oyi frontdan qaytdan soʻng, oʻzi yashaydigan Tugisken qishlogʻida sholichilik bilan shugʻullandi. Yaxshi koʻrsatgichlarga erishganligi uchun, „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan.

Anvar Abutolipov 2002-yil 30-iyulda Qiziloʻrda viloyatida vafot etadi.

Xotirasini abadiylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston Respublikasi, Qiziloʻrda viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani, Oqqoʻrgʻon ovulidagi 209-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga Anvar Abutolibov nomi berilgan. Qiziloʻrdalik shoir Adirbek Soʻpibayev Sovet Ittifoqi Qahramoni Anuar Abutalipov hayot yoʻli haqida „Yurak yutib“ nomli doston yozgan[2].