Kontent qismiga oʻtish

Anvar Ridvon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anvar Ridvon (malay. Anwar Ridhwan)-Malayziya milliy yozuvchisi.1949-yil 5-avgustda Selangordagi Sabak Burnamda tugʻilgan .

1973-yilda Malaya universitetini tamomlagan, 1983-yilda magistr, 1998-yilda esa shu universitetda doktorlik darajasini olgan. 1986-yilda Ayova universitetida (AQSh) Xalqaro Yozuv dasturida tahsil oldi. 1997-2000 yillarda 2001-2005 yillarda Tokiodagi xorijiy tillar universitetida malay tilidan dars bergan. Malayziya tili va adabiyoti kengashida bosh direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda Badiiy va milliy meros akademiyasi adabiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Koʻplab roman va hikoyalar muallifi. Ayrim asarlar ingliz, arab, venger, italyan, xitoy, nemis, rus, fransuz tillariga tarjima qilingan. To‘rtta milliy mukofot va Janubi-Sharqiy Osiyo adabiy mukofoti (2002) laureati. „Ogonsoto orollari bor edi va yoʻq edi“ hikoyasi (ruscha tarjimasi, 2006-yilda nashr etilgan) 2003-yilda ASEAN xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan Mastra mukofoti bilan taqdirlangan. 2009-yilda u Milliy yozuvchi unvoniga sazovor boʻlib, Malayziyada adabiyot sohasida ushbu eng yuqori unvonni olgan oʻninchi yozuvchi boʻldi. Yozuvchining asarlari sahnalashtirilgan va telefilmlarda gavdalantirilgan. Uning „Sanʼatkorning so‘nggi kuni“ nomli asari uchun film 2013- yilda rejissyor Sabri Yunus tomonidan suartga olingan.

Anvar Ridvon Malayziyada nashr etilgan qator lug‘atlar, jumladan, ruscha-malaycha va malaycha-ruscha lug‘atlar tuzish kengashlarida ilmiy maslahatchi sifatida ham ishlagan.

Asosiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hari-hari Terakhir Seorang Seniman (Rassomning soʻnggi kunlari) (1979)
  2. Arus (oqim) (1985)
  3. Perjalanan Terakhir (Soʻnggi sayohat) (1971)
  4. Dunia adalah Sebuah Apartmen (Dunyo faqat bitta kvartira) (1973)
  5. Sesuda Perang (Urushdan keyin) (1976)
  6. Dari Kiev ke Moskova (Kiyevdan Moskvaga) (1992)
  7. Naratif Ogonshoto (Ogonsoto orollari bor edi va yoʻq edi) (2001)
  8. Penyeberang Sempadan (Chegaralarni kesib oʻtish) (2012)
  9. Wajah Timur Lidah Barat (Sharq yuzi. Gʻarb tili) (2012)

Anvar Ridvon milliy malay yozuvchisi sifatida glabal hayotning milliy gʻoyachisi

Malayziya shoirlari