Anvoyi gullar
Qiyofa
Anvoyi gullar – xonadonlar hovli-bogʻlarida, park va xiyobonlarda gulining koʻrki uchun ekiladigan xushmanzara bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar va butalar. Oʻzbekistonda Anvoyi gullardan lola, siren, gulsafsar, pion, atirgul, gladiolus, qoʻqongul, xrizantema, kartoshkagul koʻp tarqalgan boʻlib, ular birin-ketin bir-ikki oy muddat bilan aprelning boshidan to noyabr oʻrtalarigacha gullaydi. Gullarning koʻrkamligi va xushboʻy hidi insonga katta estetik zavq bagʻishlaydi (yana qarang Gulchilik).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |