Kontent qismiga oʻtish

Aoshima, Ehime

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aoshima (yaponcha: 青島 Aoshima?), shuningdek mushuk oroli (yaponcha: 猫の島 Neko no shima?) nomi bilan ham tanilgan, Yaponiyaning Ehime prefekturasidagi orol boʻlib, oʻzining koʻp sonli mushuklari bilan mashhur. Axborot agentliklarida mushuklar soni 6:1[1] va 10:1[2] nisbati boʻyicha odamlardan koʻp ekanligi haqida xabar berilgan, ammo mazkur orolning keksa vakillarining aksariyat qismi oʻlganligi sababli, bu nisbat deyarli 36:1[note 1] ga yetgan. Mushuklar baliq ovlash kemalarida kemiruvchilarga qarshi kurashish maqsadida orolga keltirilgan, keyinchalik ularning koʻpchiligi orolda qolib ketgan va yillar davomida koʻpayib, bugungi kundagi soniga yetgan[4][5][1].

Aoshima mushuklari butun Yaponiyadan keltirilgan oziq-ovqat ehsonlari bilan oziqlanadi[6]. Mushuklar, shuningdek, orolning kichik jonzotlarini hamdatashrif buyuruvchilar beradigan turli xil ovqatlar bilan ham oziqlanishadi.

Orolning uzunligi taxminan 1 milya (1.6 km) ga yetadi.  U ilgari Kita tumanidagi Nagahama sharining bir qismi boʻlgan, ammo 2015-yil holatiga koʻra, orol hududi Ōzu tarkibiga kiradi.

Orolda sardina baliqlari kamayishi natijasida ish oʻrinlarining yoʻqligidan orol aholisining katta qismi shaharlarga koʻchib oʻtgan va shu sababli ham ularning mushuklar bilan proporsiyasi juda past koʻrsatkichga ega. Hozirda Aoshimada atigi 6 kishi istiqomat qiladi va ularning deyarli barchasi ayni shu yerlik boʻlgan aholi vakillari hisoblanadi.

1945-yilda orol baliqchilar qishlog‘i bo‘lib, aholisi taxminan 900 kishini tashkil etgan[4][1]. 2013-yilda orolda 50 nafar aholi istiqomat qilganligi taxmin qilinadi.  2018-yilda Exime Shimbun nashri aholi soni yana 13 taga qisqargani va oʻrtacha umr yoshi „75 dan oshgani“ haqida xabar berdi[2]. 2019-yilda Asahi Shimbun Globe orolda atigi 6 nafar aholi vakili qolganligini xabar qildi. Orolga asosan mushuklarni koʻrish va ularni boqish uchun sayyohlar tashrif buyuradilar[1].

Orolning mushuk populyatsiyasi 2015 va 2018-yillar orasida 120 dan 130 ta gacha yetganligi xabar qilingan[2][4].

2018-yil fevral oyida Exime Shimbun nashri tomonidan oroldagi barcha mushuklar oroldagi odamlarning kamayib borishiga sabab boʻlayotganligi taxmin qilinib, ularni kamaytirish yoki sterilizatsiyalash choralarini qoʻllash haqida fikrlarini bildirib oʻtgan[2]. Oktyabr oyiga kelib, 210 ta mushuk sterilizatsiya qilingan va turli kasalliklarga qarshi emlangan, yana taxminan 10 ta mushuk esa dasturga qarshi chiqqan shu yerlik keksa aholi vakili tomonidan yashirib qoʻyilgan edi.

Transport aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aoshima oroliga Port Nagahamadagi JR Iyo-Nagahama stansiyasi oldidan joʻnaydigan parom orqali borish mumkin, bu sayohat taxminan 30 daqiqa davom etadi[7],

Mushuklar galereyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Meyers, Chris. „It's raining cats and tourists on a Japanese island“. Reuters (2015-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 3-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Nakai. „ネコが多い「青島」全匹に不妊・去勢手術“ (Japanese). Ehime Shimbun (2018-yil 21-fevral). Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
  3. Setouchi, Minami „愛媛県・青島「猫の楽園」の未来 昨年の不妊・去勢手術後もトラブルがたえず…“ [The future of "Cat Paradise" Aoshima, Ehime: Neverending problems after last year's spaying and neutering surgeries] (Japanese). AERA dot (2019-yil 22-fevral). — „昨年10月には210頭の猫が不妊・去勢手術済みであることが確認されたわけだが、実はそのほかに、未手術の猫が10数頭ほどいたことが後になってわかった。不満を持つ島民がこっそり隠していたのだ。“. Qaraldi: 2019-yil 12-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 Kirkpatrick, Nick. „Cats outnumber people on this mysterious 'Cat Island'“. The Washington Post (2015-yil 3-mart). Qaraldi: 2015-yil 3-mart.
  5. Taylor. „A Visit to Aoshima, a Japanese 'Cat Island'“. The Atlantic (2015-yil 3-mart). Qaraldi: 2015-yil 3-mart.
  6. „The Cats of Japan's Cat Island Eat Well Thanks to Food Donations“ (en-US). Life With Cats (2016-yil 29-fevral). Qaraldi: 2021-yil 5-may.
  7. „Aoshima (Cat Island) – Ehime Travel Guide | Planetyze“ (en). Planetyze. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  1. As of 2019, Asahi Shimbun Globe reports the population at 6, and AERA dot reports that there were at least 220 cats on the island in October 2018.[3]