Apellyatsiya instansiyasi qarori
Qiyofa
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi qarori — fuqarolik, xoʻjalik va jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasining ish yakunida chiqaradigan qarori. Apellyatsiya instansiyasi qarori apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi deb ham nomlanadi. Apellyatsiya ajrimi kollegial tartibda sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim ishni koʻrishda ishtirok etgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimiga imzo quyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi