Kontent qismiga oʻtish

Apeyron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apeyron (yun. apeiron — cheksiz) — falsafa tarixiga yunon faylasufi Anaksimandr tomonidan kiritilgan tu-shuncha. A. tushunchasi materiya haqidagi tasavvurlar taraqqiyotida olgʻa qoʻyilgan qadam edi, chunki oʻsha davrda hamma nar-saning asosi suv yoki havo, degan tasavvur mavjud edi. Anaksimandr zsa materiya tu-shunchasini A. termini bilan atadi. A. hech qanday sifatga ega emas, biroq hamma muayyan jismlarning asosidir; bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan issiqlik va sovuqlikni quruqlik va namlikni oʻzidan chiqara borib, abadiy mavjud boʻladi, boshqa jismlarni vujudga kel-tiradi. A. tushunchasida Anaksiman-drning sodda dialektik qarashlari oʻz ifodasini topgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil