Aposelemis toʻgʻoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzoqdagi toʻgʻon bilan Aposelemis koʻlining umumiy koʻrinishi

Aposelemis toʻgʻoni (grekcha: Φράγμα Αποσελέμη) – Aposelemis daryosidagi Potami va Avdou qishloqlari yaqinidagi eʼtiborga sazovor toʻgʻon. Aposelemis toʻgʻoni Gretsiyadagi Iraklion viloyatidan32 kilometr (20 mi) janubi-sharqda joylashgan. Aposelemis toʻgʻoni Krit orolidagi eng yirik suv boshqaruvi loyihasidir. Aposelemis toʻgʻoni Aposelemis koʻlini manbayi hisoblanadi, u Iraklion va Agios Nikolaos shaharlari uchun suv taʼminoti boʻlib hozirgacha xizmat qilmoqda. Bundan tashqari 300 000 aholisi boʻlgan Krit orolining turistik rivojlangan shimoliy qirgʻogʻi boʻylab 6 ta kichik qishloqlar va 19 ta ovullar uchun asosiy chuchuk suv taʼminoti boʻlib xizmat qiladi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aposelemis toʻgʻonining suv oqimi

Aposelemis toʻgʻonidan ushbu mintaqani suv bilan taʼminlash va toʻgʻon qurish haqidagi birinchi fikrlar 1970-yil yaqinida paydo boʻladi. 1980-1990-yillarda bir nechta tayyorgarlik ishlari yakunlandi va yakuniy qurilish tadqiqoti 2000-yilda tasdiqlandi. 2000-yillarning boshlarida mahalliy aholining kuchli qarshiliklariga qaramay[2] yoz faslida suvga boʻlgan katta ehtiyoj ustunlik qiladi va shundan soʻng qurilish shartnomasi 14.12.2004-yilda tenderga qoʻyiladi va 2005-yil 4-yanvarda topshirildi. Toʻgʻon qurilishi 2012-yilda boshlanadi, 2019-yil boshida esa hamrohlik ishlari oʻz yakuniga yetadi. Aposelemis toʻgʻoni oʻz yakuniga yetishi va Jami xarajatlar uchun 220 million yevrodan oshiq sarf-harajat qilinadi.

Aposelemis toʻgʻoni. Oʻrtasida Sfendili qishlogʻi.

Sfendili qishlogʻi toʻgʻon suv ombori ichida va toʻldirish darajasidan pastda joylashgan edi, shuning uchun mahalliy alohi Sfendili qishlogʻini tark etishga toʻgʻri kelgan[2]. Toʻgʻon qurib bitkazilgandan soʻng qurgʻoqchil yillar davomida Sfendili qishlogʻi bir necha marta choʻkib, yana paydo boʻlib, mahalliy aholi oʻrtasida diqqatga sazovor joyga aylandi.

Qurilish tafsilotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aposelemis toʻgʻoni oʻtkazmaydigan gil yadroli togʻ jinsiga toʻldirilgan. Balandligi – 61 metr (200 ft), uzunligi – 660 metr (2,170 ft)[1] boʻlib va fillitik togʻ jinslari ustiga qurilgan[3]. Yuqoridan oqayotgan suv oqimi uzunligi 231 metr, maksimal quvvati 1000 m3/sek. Suv omborining odatdagi hajmi taxminan 30 million m3 va foydalanishga yaroqlilik hajmi hajmi 27 million m3 ni tashkil qiladi[1]. Aposelemis suv ombori Aposelemis daryosidan tashqari Lasithi platosidan 3.5 kilometrli poʻlat quvurlar orqali suv bilan taʼminlanadi. Ushbu quvurlar 15% nishabli uzun tunnel shaklida qurilgan. Bundan tashqari toʻgʻon qoʻshimcha ravishda suv toshqini nazorati maqsadlarida ham xizmat qiladi. Toʻgʻon birinchi marta 2019-yilning fevral oyida toshib ketgandi[4].

Hozirgi kunda kunlik suvni tozalash hajmi 110.6 ming m3 boʻlgan suv tozalash inshooti 70 kilometrdan ortiq uzunlikdagi suv quvurlari orqali isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlaydi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Καββαδάς, Μ.; Κοτσώνης, Α.; Σωµάκος, Λ.; Γκιόλας, Α.; Λαζαρίδου, Σ. (13–15 November 2008). "Γεωτεχνικά θέµατα του φράγµατος Αποσελέµη Κρήτης – Τεχνικά στοιχεία του έργου". Πρακτικά 1ου Πανελλήνιου συνεδρίου Μεγάλων Φραγμάτων. Λάρισα: ΤΕΕ. http://portal.tee.gr/portal/page/portal/teelar/EKDILWSEIS/damConference/eisigiseis/1.5.pdf. 
  2. 2,0 2,1 Chifos, Carla; Doxastakis, Zaharias; Romanos, Michael C. (Mar 2019). „Public discourse and government action in a controversial water management project: the damming of the Aposelemis River in Crete, Greece“ (PDF). Water Policy. 21-jild, № 3. 526–545-bet. doi:10.2166/wp.2019.140.
  3. Karapanagiotis, I.; Somakos, L.; Gkiolas, A.; Lazaridou, S.; Kavvadas, M.; Marinos, P. (12–15 September 2011). "Geotechnical Aspects of Aposelemis Dam in Crete Island". 15th European Conference on Soil Mechanics and Geotechnical Engineering. 2. Athens. pp. 1153–1158. 
  4. Υπερχείλισε για πρώτη φορά το φράγμα του Αποσελέμη www.lifo.gr, 26/2/2019.