Kontent qismiga oʻtish

Appendikulyariyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Appendikulyariyalar (Appendi-cularia) — xordalilar tipi krbiklilar kenja tipiga mansub sinf. Suvda suzib yuradigan dastlabki xorda-lilardan kelib chiqqan. Uzunligi 0,5 mm gacha, gavdasi tana va dumdan iborat. Dumida xordasi, nerv nayi va koʻndalang targʻil 582muskullari joylashgan. Tanasi dildiroq shaffof moddadan iborat qobiq — uycha ichida joylashgan. Uychaning oldingi va orqa tomonida teshik boʻladi. Dumining harakati tufayli suv oldingi teshi-gida joylashgan filtrlovchi apparat orqali oʻtib orqa teshigidan chiqib ke-tadi. Filtrlovchi apparatning ingichka ipchalardan iborat panjaralari A. uchun oziq boʻladigan mayda organizmlarni tu-tib qoladi. Filtrlovchi apparat iflos-langanida A. uychasini buzib chiqib yangi uycha qurib oladi. A. halqumida endostil va bir juft jabra teshiklari boʻladi. Jabraoldi boʻshligʻi boʻlmaydi. Anal te-shigi tanasining qorin tomonida. Miyasi ustida yorugʻlikni se-zadigan koʻzchasi va stototsisti joylashgan. Koʻpchilik turlari germafrodit. Faqat jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Lichinkasining ogʻzi va anal teshigi boʻlmaydi. 100 ga yaqin turi maʼlum, barcha dengizlarda, asosan suvning ustki qatlamlarida uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil