Apple A15

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apple A15 Bionic-bu Apple Inc tomonidan ishlab chiqarilgan chip. (SoC) 64 bitli ARM tizimi; iPhone 13 va 13 Mini, iPhone 13 pro va 13 Pro Max, iPad Mini(6-avlod), iPhone SE (3-avlod), iPhone 14 va 14 Plus hamda Apple TV 4K (3-avlod) da qoʻllanilgan.

Dizayn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apple A15 Bionida ishlab chiqarilgan bo'lib, 64 bitli ARMv8 protsessoriga ega, u 3.24 GHzli Avalanche deb nomlangan 2 ta yuqori unumdor yadro hamda 2.01 GHz Blizzard deb nomlangan 4 ta energiya tejovchi yadrolar bilan ishlaydi. Apple kompaniyasi takidlashicha A15 raqobatchi chiplardan 50% tezroq. Apple iPad Mini 6-avloddagi A15 chipi , A12 chipdan 40%ga tezroq deb takidlaydi. In-depth chuqur tahlili shuni koʻrsatadiki A14 chipi bilan solishtirganda yangi A15 chipi ikkita samarali yadro tizimning eng yuqori yadroli chastotasini oshiradi. Bu oldingi avlodning 2998MGts chaslatasiga nisbatan 3240MGts ga yetadi deb tushuntirildi. Har ikkala ishlash yadrosi faol boʻlganda, ularning ishlash chaslotasi 10% ga oshadi, ikkalasi ham oldingi avlodining 2890MGts ga nisbatan 3180MGts da ishlaydi.

A15 Bionic 15 milliard tranzistorni oʻz ichiga oladi hamda bu A14 ning 11,8 milliard tranzistorlar sonidan 27,1%ga koʻp. U Apple yangi 16 yadroli Neyron Dvigatel deb ataydigan maxsus neyron tarmoq uskunasini oʻz ichiga oladi[1]. Neural Engine soniyasiga 15,8 trillion amalarni bajarish imkoniga ega va bu A14 ning sekundiga 11 trillion operatsiyasidan (43%) tezroq[1]. A15 shuningdek, yaxshilangan hisoblash va suratga olish xususyatlariga ega yangi tasvir protsessorini (ISP) oʻz ichiga oladi[2].

A15 HEVC, H.264 va ProRes (faqat iPhone 13 Pro) uchun video codec kodlashni qoʻllab-quvvatlaydi. U HEVC; H.264; MPEG‑4 2-qism; ProRes va Motion JPEG uchun decodlashni yoqlaydi[3].

A15 TSMC tomonidan ishlab chiqarilgan va xabarlarga koʻra ikkinchi-avlod 5 nm da ishlab chiqarish jarayonida, N5P[4][5].

GPU[tahrir | manbasini tahrirlash]

A15 iPad mini (6-avlod); iPhone 13 Pro va 13 Pro Max; iPhone 14 va 14 Plus hamda Apple TV 4K (3-avlod) uchun Apple tomonidan ishlab chiqilgan 5 yadroli GPU ni birlashtiradi. Shuningdek, iPhone SE (3-avlod) va iPhone 13 va 13 Minida 1ta GPU yadrosi oʻchirib qoʻyilgan, natijada ushbu modellar uchun 4 yadroli GPU hosil boʻladi[6].

Mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apple A15 Bionic ni oʻz ichiga olgan mahsulotlar:

  • iPhone 14 va 14 Plus – 6 yadroli protsessor va 5 yadroli GPU
  • iPhone 13 va 13 Mini – 6 yadroli protsessor va 4 yadroli GPU
  • iPhone 13 Pro va 13 Pro Max – 6 yadroli protsessor va 5 yadroli GPU
  • iPhone SE (3-avlod) – 6 yadroli protsessor va 4 yadroli GPU
  • iPad mini (6-avlod) – 5 yadroli GPU; CPU 3,23 GHzdan 2,92 GHzgacha pasaytirilgan[7]
  • Apple TV 4K (3-avlod) – 5 yadroli GPU va 5 yadroli protsessor (Binned A15, 1 protsessor yadrosi oʻchirilgan)[8]

Variantlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda „Avalanche“ va „Blizzard“ mikroarxitekturalariga asoslangan turli xil SoC lar koʻrsatilgan[9]

Variant Markaziy protsessor

yadrolar (P+E)*

GPU



</br> yadrolari
GPU



</br> EI
Grafika



</br> ALU
Neyron dvigatel

yadrolari

Xotira (GB) Transistor
hisoblash
A15 Bionic 5 (2+3) 5 80 640 16 4 15 mlrd
6 (2+4) 4 64 512 16 4
5 80 640 16 4-6
M2 8 (4+4) 8 128 1024 16 8–24 20 mlrd
10 160 1280 16
M2 Pro 10 (6+4) 16 256 2048 16 16–32 40 mlrd
12 (8+4)
19 304 2432 16
M2 Maks 12 (8+4) 30 480 3840 16 32–96 67 mlrd
38 608 4864 16
M2 Ultra 24 (16+8) 60 960 7680 32 64–196 134 mlrd
76 1216 9728 32

* (Performance + Power efficiency)

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Apple silicon, Apple tomonidan oʻz mahsulotlari uchun ishlab chiqilgan ARM ga asoslangan protsessorlar qatori.
  • Armv8-A protsessorlarini solishtirish mumkun.

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Shankland, Stephen. „Apple's A15 Bionic chip powers iPhone 13 with 15 billion transistors, new graphics and AI“. CNET (2021-yil 14-sentyabr). 2022-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  2. „Apple unveils iPhone 13 Pro and iPhone 13 Pro Max — more pro than ever before“. Apple Newsroom. 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-sentyabr.
  3. „iPhone 13 – Technical Specifications“. support.apple.com. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
  4. Hruska, Joel. „Apple Unveils New A15 Bionic SoC“. ExtremeTech (2021-yil 15-sentyabr). 2022-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  5. Sohail, Omar. „Apple's A15 Bionic to Use TSMC's 'N5P' Process for the Upcoming iPhone 13 Series; Mass Production Could Start in May“. Wccftech (2021-yil 30-mart). 2021-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  6. Espósito. „iPhone 13 Pro's A15 Bionic chip has more powerful GPU than regular iPhone 13“ (en-US). 9to5Mac (2021-yil 15-sentyabr). 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  7. „Underclocked: The A15 chip inside Appleʼs new iPad mini 6 is slower than in the iPhone 13“.
  8. „Developing tvOS apps“. Apple.
  9. „Apple M2 Chip: Everything You Need to Know“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
Oʻtmishdoshi:
Apple A14 Bionic
Apple A15 Bionic
2021
Vorisi:
Apple A16 Bionic