Aqsuyek
Aqsuyek qozoqcha: Ақсүйек | |
---|---|
qishloq | |
44°37′18″N 74°30′15″E / 44.62167°N 74.50417°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
tuman | Moyinqum tumani |
Asos solingan | 1956 |
Qachondan beri qishloq | 2013 |
Aholisi (2009) |
1 231 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
Telefon kodi | +772640 5 |
Pochta indeks(lar)i | 080602 |
Avtomobil kodi | 08 (H) |
|
Aqsuyek (qozoqcha: Ақсүйек) — Qozogʻiston Respublikasining Jambil viloyati, Moyinqum tumani, Jusandala tekisligidagi qishloq[1] (oldin posyolka boʻlgan. Google xaritalarida qishloq Olmaota viloyati hududida joylashgan). Aqsuyek posyolkasining maʼmuriy markazi va u yerdagi yagona aholi punkti. KATO kodi — 315633100[2]. Qishloqdan 30 km shimoli-gʻarbda katta Itishpes koʻli joylashgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda qishloq aholisi 1564 kishini (780 erkak va 784 ayol) tashkil qilgan[3]. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 1231 kishi (602 erkak va 629 ayol) yashagan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq 1951-yilda topilgan uran koni oʻrnida 1956-yilda tashkil etilgan. Qishloq atrofi asosan choʻldan iborat boʻlgan. Bir necha yil ichida turar-joy binolari, doʻkonlar, maktablar, shifoxonalar, turli korxonalar qurilgan. Qishloqning asosiy qazilma boyligi uran koni boʻlib, unda uran rudasi qazib olingan. 1991-yilda SSSR parchalanishi bilan kon yopilgan, buning natijasida bir necha yil ichida qishloq butunlay vayronaga aylangan. Suv resurslari yetishmasligi sababli yangi korxonalar qurish foydasiz edi. Hozirda qishloqdagi 11 ming aholidan bor-yo‘g‘i 1500 nafari qolgan. Aholisining asosiy qismini daromadi past, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va qarovsiz, hech narsasi yo‘q pensionerlar tashkil qiladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „О преобразовании отдельных поселков, поселковых округов и упразднении поселковых округов Мойынкумского района“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-aprel.
- ↑ „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 3,0 3,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan.